Регистрация
Меню сайта
Статистика

Онлайн всего: 183
Гостей: 183
Пользователей: 0
0

Shohjahon Ergashevga Chevrolet Malibu sovg‘a qilindi

Автор: VerSignкатегория: Sport yangiliklariдата: 19.03.2019
Professional boksning super yengil (-63,5 kg) vazn toifasi vakili Shohjahon Ergashevga (16 ta g‘alaba, 14 ta nokaut) O‘zbekiston professional boks federatsiyasi tomonidan so‘nggi rusumdagi Chevrolet Malibu avtomobili sovg‘a qilingan. Bu haqda GoSport xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, federatsiya rahbari Isroil Yunusov Shohjahon Ergashevning so‘nggi jangidagi g‘alabasiga mukofot sifatida avtomobilni taqdim etgan. Agar Shohjahon chempionlik kamarini qo‘lga kiritadigan bo‘lsa, unga beriladigan sovrin yanada katta bo‘lishi va’da qilingan.

Eslatib o‘tamiz, Shohjahon Ergashev fevral oyida amerikalik Maykal Foksga (19 ta g‘alaba, 1 ta maglubiyat, 5 ta nokaut) qarshi kechgan jangda ochkolar evaziga g‘alaba qozongandi.

Ma’lumot uchun, 1-mart kuni e’lon qilingan WBA reytingida Ergashev bir pog‘ona yuqorilab, 4-o‘rindan joy olgandi.

Теги: Shohjahon Ergashev, malibu

Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь.
Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо войти на сайт под своим именем.
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]