наверх
Главная » Новости » XXI tehnologiyasi
20:36
Shotlandiyada dinozavrlarning izlari topildi

Edinburg universiteti, Xitoy fanlar akademiyasi va Shotlandiyaning Staffin dinozavrlar muzeyi mutaxassislari Ichki Gebrid arxipelagidagi Skay orolini tadqiq etdi. Shimoli-sharqiy sohilda taxminan 170 million yil avval dinozavrlar tomonidan qoldirilgan izlar aniqlandi, deb yozadi National Geographic.

Jami 50 ga yaqin izlar topilgan. Olimlar ikki yo‘lni payqashdi, izlarning bir qismi alohida joylashgan: suvning ko‘tarilishi va landshaftning o‘zgarishi tufayli ularning aksariyati shunchaki yo‘qolib ketgan.

Izlar asosan ulkan o‘txo‘r zauropodlarga (lot. Sauropoda) tegishli, biroq boshqalari yirtqich teropodlar (lot. Theropoda) tomonidan qoldirilgan bo‘lishi mumkin. Ularning aniq turini hali identifikatsiya qilish lozim.

Yangi kashfiyot muhim kashfiyotlar sirasiga kiradi: Yura davri o‘rtalari dalillarini saqlab qolgan joylar dunyo bo‘yicha atigi bir nechtadir.
Manba: daryo.uz   

Do'stlaringizga ulashing / Поделиться:
Категория: XXI tehnologiyasi | Просмотров: 204 | Добавил: VerSign | Теги: Dinozavr, izi | Рейтинг: 0.0/0
Похожие Новости
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]