Olov-Olov turk serial

Музыка по альфавиту: A | B | C | D | E | F | G | H | I | J | K | L | M | N | O | P | Q | R | S | T | U | V | X | Y | Z | 0-9

0

Siz yoqtirmaydigan Emir Kozjuo‘g‘li aslida qanday odam?

Автор: MASSARIкатегория: Sevgi Iztirobi Voqealar Rivojiдата: 25.01.2021
«Sevgi iztirobi» seriali ekran yuzini ko‘rgach, salbiy obrazni talqin etishiga qaramay, bu aktyor haqiqiy yulduzga aylandi. Lekin aktyor o‘z yurtida bu serialga qadar ham tanilib ulgurgan edi. Bugungi qahramonimiz Kaan Urganjio‘g‘li.

Kaan Urganjio‘g‘li 1981 yil 8 mayda Turkiyaning Izmir shahrida o‘ziga to‘q oilada dunyoga keladi. Turkiyada o‘rta maktabni tamomlagach, ularning oilasi AQShga ko‘chib o‘tishga qaror qilishadi.

19 yoshida vataniga qaytgan Kaan Istanbuldagi Marmar universitetiga o‘qishga kiradi. Baland bo‘yi hamda chiroyli tashqi ko‘rinishi tufayli talabalik yillarida Kaan modellik qilishni boshlaydi. Tez orada Kaan mashhur turkiyalik prodyuser Abdulla Oguxning nazariga tushadi. Prodyuser esa model yigitchani loyihalarining birida ishtirok etishga taklif etadi. Shu tarzda Kaan kino olamiga kirib keladi.
Kaan Urganjio‘g‘lining debyut ishi «Qora o‘g‘lon» filmi edi. Aktyorning debyuti omadli boshlangani bilan hammasi ko‘ringani kabi silliq emasdi. Kaanga oddiy tajriba yetishmasdi. Shu sabab Kaan yana AQShga yo‘l oladi va Nyu-Yorkdagi «Stella Adler Academy of Acting & Theatre» maktabi talabasiga aylanadi.

Ana shundan keyin 2006 yili aktyor «Birinchi muhabbat» serialida suratga tushadi va Turkiyaning mashhur aktyorlari qatoridan o‘rin oladi. «Sevgi iztirobi» esa Kaanning butun dunyoga tanilishga sababchi bo‘ldi.
Yildan-yilga aktyorga yangi seriallarda suratga tushish taklifi ko‘paymoqda. Aktyorning hisobida 30 dan ortiq kartinalar bor. Shu paytgacha Kaan Urganjio‘g‘li oltita teleloyihada suratga tushishga muvaffaq bo‘lgan.



Shaxsiy hayoti
Kaan Urganjio‘g‘lini vatanida ayollar qalbining kushandasi sifatida yaxshi tanishadi. Sababi, shu paytgacha aktyorning muhabbati shou-biznes olamining juda ko‘plab go‘zallariga tushgan. Ammo yaqinda aktyorning, nihoyat, uylanishga qaror qilgani haqidagi xabar tarqaldi. Eng qizig‘i, aktyor umr yo‘ldoshlikka aktrisa, teleyulduzni emas, balki fotosuratchi qizni tanlabdi. Ular tadbirlarning birida tanishishgan. Odmigina qiz Zaynab Oymak aktyorning qalbini zabt etishga erishgan. 2016 yilning noyabr oyida juftlik fotiha qilindi.
Hozirda juftlik to‘y tashvishlari bilan band bo‘lsa, ajab emas. Kaan Urganjio‘g‘li shaxsiy hayotini matbuot e’tiboridan uzoqda tutishga harakat qiladi. Shu bois bu haqda ma’lumot topish uchun paparratsi anchagina ter to‘kishiga to‘g‘ri keladi.

Теги: Sevgi Iztirobi, Amir, Kara Sevda, emir, Kaan Urganjio'g'li

Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь.
Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо войти на сайт под своим именем.
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]