наверх
Главная » Новости » Dunyo yangiliklari
12:01
Sochini xayriya uchun qurbon qilgan angliyalik qiz “nobop ko‘rinish” sababli darslardan chetlatildi

Angliyalik 14 yoshli maktab o‘quvchisi Niam Bolduin “nobop tashqi ko‘rinishi” sababli vaqtincha darslardan chetlatildi. Qiz yanvar oyining boshida sochini kalga oldirgan va uni kasal bolalarga yordam berish maqsadida xayriya uchun berib yuborgan. Bu haqda TJournal xabar berdi.

Bolduinning onasi aytishicha, o‘quvchining o‘zi Yangi yildan keyin sochini oldirishni taklif qilgan. Ular birgalikda sochlarni bolalar yasama sochlarini tayyorlovchi Little Princess Trust tashkilotiga yuborgan.

Ertasi kuni Boduin darslarga qo‘yilmagan. Muassasa rahbariyati buni qizning “nobop ko‘rinishi” bilan izohlagan. Qizning onasi bu qarorni “tahqirlash“ deb atagan. Bolduin sochlari biroz o‘sgach, to‘rt kundan keyin mashg‘ulotlarga qo‘shilgan, ungacha esa uyida shug‘ullangan.

O‘quv muassasasi qizning ko‘rinishi “nobop va e‘tiborni tortuvchi” bo‘lganini va uning xayriya aksiyasidagi ishtirokidan bexabar ekanligini ma’lum qilgan.
Manba: daryo.uz   

Do'stlaringizga ulashing / Поделиться:
Категория: Dunyo yangiliklari | Просмотров: 1114 | Добавил: VerSign | Теги: Sochini xayriya qilgan qiz | Рейтинг: 0.0/0
Похожие Новости
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]