наверх
Главная » Новости » Qiziqarli faktlar
07:41
Sog‘lom bo‘lishga yordam beruvchi muhim faktlar

Biz bolalikdan sog‘lig‘imiz haqidagi tekshirilmagan ba’zi ma’lumotlar masalan, televizor ko‘rish va yaxshi yoritilmagan xonada kitob o‘qish ko‘z uchun zararli ekanligi, vitaminlarning foydasi-yu, vaksinalarning esa aksincha zarari haqida ko‘p eshitganmiz. Lekin bularning hammasi to‘g‘rimi?

Biz sizga hatto vrachlar ham ko‘pincha qo‘llab-quvvatlaydigan eng keng tarqalgan yolg‘onlar haqida aytib berishga qaror qildik.

Tungi ovqat

Parhezshunoslar tunda (yoki hatto yarim tunda) tamaddi qilish odati o‘z-o‘zidan semirishga olib kelmasligini isbotlashga muyassar bo‘ldi. Haqiqatda, ortiqcha vaznga olib boradigan birdan-bir yo‘l — bu jismoniy faollikning butunlay yo‘qligi.

Yomon yoritilish va ko‘rish qobiliyati

Yomon yoritilgan xonada o‘qish ko‘rish qobiliyatining yomonlashuviga olib kelmaydi. Albatta, ko‘zlar biroz ko‘proq toliqadi, lekin bu uzoq muddatli kelajakda mutlaqo xavf-xatar tug‘dirmaydi.

Zamburug‘

Zamburug‘li kasalliklarni davolash haligacha og‘ir va uzoq jarayon bo‘lib qolmoqda. Lekin zamburug‘ni oxirigacha davolab bo‘lmaydi degan fikr noto‘g‘ri. Siz zamburuqqa qarshi to‘liq davolash kursini qabul qilishingiz kifoya qiladi.

Grippga qarshi vaksina xavfli emas

Ko‘pchilik odamlar grippga qarshi vaksina virus yuqtiradi deb o‘ylaydi. Haqiqatda esa bu preparat tarkibidagi virus, kasallik qo‘zg‘ata olmaydigan o‘lik virusdir.

Vitaminlarga hojat yo‘q

Vitaminlarni kasalliklarning oldini olish uchun qabul qilayapsizmi? To‘xtating. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, polivitaminlardan doimiy ravishda foydalanadigan kishilar saraton kasalliklariga ko‘proq moyil bo‘lar ekan.

Miya hujayralari

Uzoq vaqt davomida odamlar bosh miya hujayralarini qayta tiklab bo‘lmaydi deb hisoblagan. Lekin bu noto‘g‘ri. Haqiqatda esa, gippokampda yangi neyronlar ishlab chiqaradigan “neyrogenez” deb ataluvchi jarayon mavjud. Bu miyaning o‘rganish, mustahkam xotira va hissiyot uchun javob beradigan qismidir.
Manba: Trendymen   

Do'stlaringizga ulashing / Поделиться:
Категория: Qiziqarli faktlar | Просмотров: 669 | Добавил: VerSign | Теги: qiziqarli faktlar | Рейтинг: 3.0/1
Похожие Новости
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]