Музыка по альфавиту: A | B | C | D | E | F | G | H | I | J | K | L | M | N | O | P | Q | R | S | T | U | V | X | Y | Z | 0-9

0

Stiv Jobs jamoasidagi kuchli “o‘yinchi”lardan biri Apple'ni tark etdi

Автор: MASSARIкатегория: Dunyo yangiliklariдата: 15.12.2019
Noyabr oyi oxirida Apple'ning bosh dizayneri Joni Ayv 27 yillik faoliyatidan keyin kompaniyani tark etdi. Faoliyati davomida u Apple'ni kompyuter ishlab chiqaruvchi firmadan texnologiya gigantiga aylantirgan mahsulot iPod'dan boshlab iPhone'ning oxirgi markalariga qadar loyihalashtirgan edi.

Shuningdek, u nafaqat kompaniya mahsulotlari, balki Apple'ning barcha mahsulotlarining qadoqlanishi, Apple Store do‘konlari va kompaniyaning barcha ofislari dizayniga ham javobgar edi.

“U shunchaki dizayner emas. Shuning uchun ham u bevosita men bilan ishlaydi. Unda, Apple'dagi boshqalarga qaraganda ko‘proq vakolat bor. Albatta meni hisobga olmaganda”, - degan edi “Apple afsonasi” Stiv Jobs Joni Ayv haqida.

2014 yilda Ayv Britaniyaning The Times nashriga bergan intervyusida u xohlagan vaqtida Apple'ni tark etishi mumkinligini, biroq innovatsion mahsulot yaratish imkoniyati uni to‘xtatib turganini aytadi: “Men innovatsiyalar tugashi bilan Apple'dan ketaman. Men faoliyatimni tugataman. Biz ajoyib davrning ostonasida turibmiz va ajoyib mahsulotlarni chiqaramiz”.

Теги: Joni Ayv, Stiv Jobs, apple

Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь.
Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо войти на сайт под своим именем.
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]