наверх
Главная » Новости » Foydali maslaxatlar
08:28
Stressga chap beramiz!

Stress holati bilan barchamiz ko’p bor to’qnash kelganmiz. Tushkunlik kayfiyatini yengish uchun samarali bo’lgan bir nechta qoidalarni bilib olsangiz, stress so’zi siz tomonga yaqin ham yo’lamaydi.

1.Hayotdan hikmat izlang!
Har bir voqea inson uchun maktab ekanligi va hech bir ish bejizga sodir bo’lmasligi haqida o’ylang. Janjalli vaziyatlardan saqlaning, o’zingiz uchun yoqimsiz insonlar bilan aloqani imkon boricha kamaytiring.

2.Muzaymoq yeng!
Kayfiyatngiz yomonmi? Ochiq havoda biroz sayr qilgancha, o’zingizni muzqaymoq bilan siylasangiz kayfiyatingiz sezilarli darajada ko’tariladi.

3.Shokolad ham yordam shay!
Shokolad miyaga dam beradi, uning faolligi oshiradi. Shuningdek, uni iste’mol qilganda tanada baxt gormoni ishlab chiqarilishi jadallashadi.

4.O’zingizni asrang!
Salomatligingizning qiymatini biling, o’zingizga kuchli inson ekanligingizi tez-tez takrorlab turing. Ishonchimiz komilki, bu usullar o’z maqsadlaringiz tomon ildam intilishda ko’mak beradi.

Do'stlaringizga ulashing / Поделиться:
Категория: Foydali maslaxatlar | Просмотров: 265 | Добавил: MASSARI | Теги: Stress, foydali maslaxatlar | Рейтинг: 0.0/0
Похожие Новости
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]