наверх
Главная » Новости » Sport yangiliklari
21:21
Superliga. “Neftchi” o‘z maydonida AGMKga yutqazib qo‘ydi

Bugun, 5-aprel sanasida O‘zbekiston Superligasi bahslarining 5-turiga start berildi.

Farg‘onada mezbon “Neftchi” jamoasi Olmaliqning AGMK klubini qabul qildi. Uchrashuv 1:3 hisobida mehmon jamoa foydasiga hal bo‘ldi. Ta’kidlash joiz “Neftchi” Superliganing 5-turiga kelibgina, mavsumdagi dastlabki golini kiritdi. Jamoaning ushbu mavsumdagi ilk goli muallifi esa Jalil Kimsanov bo‘ldi.

Ayni vaqtda kunning ikkinchi o‘yini esa Navoiyda “Qizilqum” hamda Toshkentning “Bunyodkor” jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tmoqda.

Superliga

5-tur bellashuvlari

5-aprel, payshanba
“Neftchi” — AGMK 1:3

Gollar: 0:1 — 49 Lutfulla To‘rayev. 0:2 — 63 Vadim Chemirtan. 1:2 — 79 Jalil Kimsanov. 1:3 — 90 Yovan Jokich.
Manba: daryo.uz   

Do'stlaringizga ulashing / Поделиться:
Категория: Sport yangiliklari | Просмотров: 261 | Добавил: VerSign | Теги: Superliga. “Neftchi” o‘z maydonida | Рейтинг: 0.0/0
Похожие Новости
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]