наверх
Главная » Новости » Sport yangiliklari
21:01
Superliga. “Paxtakor” legioneri penaltini urolmagan o‘yinda “Buxoro” g‘alabaga erishdi

Kecha, 5-aprel sanasida O‘zbekiston Superligasi bahslarining 5-turiga start berilgan edi.

“Neftchi” o‘z maydonida AGMKni qabul qilib, yutqazib qo‘ygan bo‘lsa, “Bunyodkor” safarda “Qizilqum”ni mag‘lub etishga erishdi.

Bugun esa 5-tur doirasida yana ikkita o‘yin bo‘lib o‘tishi belgilandi. Shulardan biri Buxoroda bo‘lib o‘tdi.

Buxoroda mezbon “Buxoro” jamoasi Toshkentning “Paxtakor”ini qabul qildi va 1:0 hisobida g‘alabaga erishdi. O‘yindagi yagona gol 43-daqiqada Salamat Quttiboyev tomonidan kiritildi. Qayd etish joiz, “Paxtakor”ning portugaliyalik legioneri Ismoil Gonsalvesh 38-daqiqada “Buxoro” darvozasiga belgilangan penaltini golga aylantira olmadi. Shu tariqa “Paxtakor” Buxorodan mag‘lubiyat bilan qaytadigan bo‘ldi.

Ayni damda kunning ikkinchi o‘yini “Metallurg” hamda “So‘g‘diyona” o‘rtasida bo‘lib o‘tmoqda.

Superliga

5-tur bellashuvlari

6-aprel, juma
“Buxoro” — “Paxtakor” 1:0

Gol: 1:0 — 43 Salamat Quttiboyev

Amalga oshirilmagan penalti: 38 Ismoil Gonsalvesh (P)
Manba: daryo.uz   

Do'stlaringizga ulashing / Поделиться:
Категория: Sport yangiliklari | Просмотров: 78 | Добавил: VerSign | Теги: Paxtakor, Superliga | Рейтинг: 0.0/0
Похожие Новости
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]