Регистрация
Меню сайта
Реклама
0

Surxondaryoda Olamafro‘z Abdullayev yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi

Автор: VerSignкатегория: O'zbekiston yangiliklariдата: 22.02.2019
Surxondaryo viloyatining Oltinsoy tumanida Rossiyada jasorat ko‘rsatib, “Yaxshilik qilishga shoshiling” (“Speshite delat dobro”) medali bilan taqdirlangan Olamafro‘z Abdullayevning yoshlar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Eslatib o‘tamiz, u 2018-yilning 31-dekabr kuni Magnitogorsk shahridagi turar joy binosi portlashidan keyin o‘z hayotini xavf ostiga qo‘yib, yordam berigan va Rossiya FVV qutqaruvchilari kelgunga qadar vayronalar orasidan 8 kishini qutqarib qolgan.

Jamiyat uchun muhim ishlarni amalga oshirgan va og‘ir turmush sharoitlariga tushib qolganlarga ko‘maklashgan shaxslarga topshiriladigan “Yaxshilik qilishga shoshiling” (“Speshite delat dobro”) medali bilan taqdirlangan.

Dovyurak yigitning xizmatlari O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri va bosh konsulxona vakillari tomonidan ham munosib rag‘batlantirilgan.

Теги: Surxondaryoda Olamafro‘z Abdullayev

Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь.
Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо войти на сайт под своим именем.
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]