наверх
Главная » Новости » Kino va Serial yangiliklari
15:08
Taner Olmez: “Dramalashtirmasa, ko`pgina fojialar kulguli tuyuladi”

“Ko`sem” serialida tomoshabinlarni befarq qoldirmagan qahramonlardan yana biri bu – Culton Usmon. Tarixda “yosh Usmon” nomi bilan qolgan ushbu rolni turk aktyori Taner Olmez ijro etgan...

Musiqachilar sulolasi...

Taner Tundjeli shaharchasida tug`ilgan. 7 yoshida ota-onasi bilan Istanbulga ko`chib kelgan. Tanerning barcha oila-a`zolariga musiqiy qobiliyat berilgan. Masalan, uning akasi Taylan Ozgyur Olmez Turkiyada mashhur xonanda, ko`plab qo`shiqlar muallifi ham. Kamtarlik shiori bo`lgan bu oila o`zlarini ommaga ko`z-ko`z qilishni istashmaydi.

Tanerni san`at sohasida karera qilishi bolaligidanoq ma`lum edi. Boisi fe`l-atvori, she`rlarni tezda yod olishi, ifodali o`qishi atrofdagilarni o`ziga jalb qilib kelgan.

Taner ma`lum vaqt aktyorlar, musiqachilar tashrif buyuradigan kafeda ofisiant bo`lib ishlagan. Hazil qilib, mijozlar ko`nglini olish uchun Tanerda aktyorlik qirralari yaqqol sezilib turardi. Qolaversa, bo`lajak aktyor a`lo darajadagi vokal qobiliyati bilan ham siylangan. Teatr vakillari orasida bo`lgan Taner Bakirkey teatr truppasi a`zosiga aylanadi. Bu erda olgan tajribalari esa Istanbul Davlat unitversiteti konservatoriyasiga osongina o`qishga kirish imkonini beradi.

“Afsonaviy aktyorlar sababchi bo`lgan qarorim”

 

“Teatr bilan bog`liq sarguzashtlarim aslida maktabda o`qib yurgan kezlarim boshlangan. Afsonaviy san`atkorlar Suna Pekuysal va Zixni Gekta ishtirokidagi operani ko`rib lol bo`lganman. Aktyorlar tomoshabinlar orasida, aniqrog`i yonginamda turib ijro qilishgan. Shunda “ulardan biri bo`lishim mumkin!” degan fikr yalt etib xayolimga kelgan. Teatrdan chiqa turib, bundan yaxshiroq kasb yo`qligini anglaganman. O`shandayoq kelajakda qaysi kasbni tanlashim aniq bo`lgan. Maktabda esa spektakl sahnalashtirishga harakat qilib ko`rdim. Liseyni tamomlash arafasida ustozlarimiz ko`magida Shekspirning “Yoz oqshomidagi tush” asarini sahnalashtirganmiz”, deydi aktyor.

Talabalik yillari Taner o`qishdagi repetisiyalar bilangina cheklanib qolmadi. Doim olg`a qadam bosishni xush ko`ruvchi Taner 23 yoshida katta loyiha – “Katta bozor” teleserialiga taklif etiladi. Mazkur ilk roli bilan parallel ravishda “Kul va olov” serialida ham ishtirok etadi. Aktyor o`shandoq “har yili bitta loyihada ishtirok etishim kerak”, deya oldiga maqsad qo`yadi. So`ng “Istanbul oltini” seriali, “Uzun tarix” filmlarida tajriba oshiradi. 2012 yili “Yo`qolgan shahar” nomli mashhur serialda ham asosiy rollardan birini o`ynadi. 2013 yili xalq qahramoni haqidagi “Tatar Ramazan” filmi katta ekranlarga chiqdi. Mazkur film Gresiya, Bolgariya, Avstraliya va arab davlatlarida namoyish qilindi. Tanerning ushbu katta loyihadagi ishtiroki 2016 yilda suratga olingan “Ko`sem”dagi Usmon roli uchun asqatadi. “Ko`sem”dan so`ng sevimli sahnasini tark etgani yo`q. “Bo`sh shahar” spektaklida rol ijro etdi.

“Aktyor uchun har bir rol yangi tajriba beradi. Ba`zilarini dramalashtirmasa, ko`pchilik fojialar kulguli tuyuladi. Gohida tomoshabin nafratiga ham uchrash mumkin. Lekin ortga nazar tashlab, har bir qahramonimdan minnatdor bo`laman”, deydi aktyor.

Haqiqiy mashhurlik osonlikcha berilmagan

Taner Olmezga haqiqiy mashhurlikni “Ko`tarilish” serialidagi roli olib kelgan. Sevgi haqidagi ushbu romantik serial o`ndan ortiq davlatlarda namoyish qilingan. Bu shon-shuhrat, omad aktyorga osonlikcha berilmadi.

“Ssenaristlar, rejissyorlar bilan yig`ilib, aqliy “hujum” qilganmiz. Aktyorning mehnati aynan tayyorgarlik jarayonidan boshlanadi. So`ng qahramoning bilan yolg`iz qolasan, tanishasan... Qolaversa, elkanli sport turidan dars olib, to`qqiz kilogram vazn ham tashladim”, deydi aktyor.

Taner Olmez aktrisa Oykyu Karael (Dilrabo sulton) bilan partner bo`lib o`ynagan “Qotil Jo” spektaklidagi roli uchun mukofotga ham loyiq topilgan.

Sayohatga muhabbat

Tanerning hayotiy rejalari chegaralanmagan. Yangi joylarni ko`rishni yaxshi ko`raman. Shu bois istagim ortidan ko`p davlatlarga borganman. Avvalo, Turkiyani kezib chiqdim. Istanbulda dengiz bo`ylab velosipedda sayr qilishni yaxshi ko`raman. Universitetda o`qib yurgan kezlarim Evropani poezdda aylanib chiqqandim. Sayohat bu – mening jon-u dilim”, deydi Taner.

* Taner Olmez 1986 yilning 1 yanvarida tug`ilgan


Manba: Darakchi.uz   

Do'stlaringizga ulashing / Поделиться:
Категория: Kino va Serial yangiliklari | Просмотров: 480 | Добавил: KenjaMedia | Теги: Kosem, Culton Usmon, Taner Olmez | Рейтинг: 0.0/0
Похожие Новости
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]