наверх
Главная » Новости » O'zbekiston yangiliklari
21:07
Tashkent City qurilishida eng baland kranni toshkentlik qiz boshqarmoqda

Toshkentlik Nargiza Arslanova 3 oydan buyon Tashkent City biznes markazini bunyod etish ishlarida qatnashmoqda. Qurilishdagi eng baland kranni boshqarayotgan qiz, qiyinchiliklarga qaramay, vijdonan mehnat qilayotganini hamkasblarining u haqda bildirgan fikrlaridan bilib olish mumkin.

Nargizaning aytishicha, bu ishda salomatlik muhim o'rin egallaydi: qon bosimi joyida, ko'z nurlari o'tkir bo'lishi va balandlikdan qo'rqmaslik talab etiladi. U kranni 125 metr balandlikdan turib boshqarishini hisobga olib, salomatlik borasida ayni haqiqatni aytayotganiga ishonch hosil qilish mumkin. Mutaxassisligi bo'yicha dasturchi bo'lishiga qaramay, o'zini aynan ushbu sohada topgan ma`suliyatli kasb egasi buni Xudo tomonidan berilgan mukofot sifatida biladi.

«Avvalboshida qiyinchilik bo'lgan. Kran boshqarishga o'qib chiqqanimdan so'ng ma`lum obektlarda yordamchi vazifasida ishladim va yetarli tajriba to'plagach, menga ham bu ulkan mashina boshqaruvini ishonib topshira boshlashdi. To'g'ri, bu holat ko'pchilikka g'alati bo'lib ko'rinishi mumkin, lekin men bu kasbni tanlaganimdan faxrlanaman. O'zimni baxtiyor his etyapman» – deydi Kun.uz muxbirining savollariga javob bergan suhbatdosh.

Ma`lumot uchun, ayni paytda Tashkent City qurilishida 1000 dan ziyod ishchilar mehnat qilmoqda. Majmuaning umumiy hududi 800 ming kvadrat metrni tashkil etadi, umumiy qiymati esa 1 mlrd dollardan ko'proq. Loyihani 5 yil ichida bunyod etish rejalashtirilgan. Ushbu biznes markazda balandligi 40 qavatgacha bo'lgan binolar, besh yulduzli mehmonxonalar, ko'rgazma zallari, turar joy komplekslari va avtoturargoh hududlari joylashadi.
Manba: Kun.Uz   

Do'stlaringizga ulashing / Поделиться:
Категория: O'zbekiston yangiliklari | Просмотров: 1482 | Добавил: KenjaMedia | Рейтинг: 0.0/0
Похожие Новости
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]