Регистрация
Меню сайта
SEVIMLI SERIAL!
Наш опрос
Sizga qaysi turk seriali yoqadi?
Barcha javob: 124
Статистика

Онлайн всего: 179
Гостей: 179
Пользователей: 0
0

Telegramʻda yozishmani toʻliq oʻchirish imkoni paydo boʻldi

Автор: MASSARIкатегория: XXI tehnologiyasiдата: 27.06.2019
Telegram messenjeri foydalanuvchilari endi xususiy suhbatlarda ham oʻzlarida, ham suhbatdoshlarida barcha xabarlarni oʻchira oladilar. Bu haqda messenjer ishlab chiquvchisi Pavel Durov maʼlum qildi.
Endi foydalanuvchilar suhbatlarda joʻnatilgan barcha xabarlarni oʻchirish imkoniga ega boʻldilar.

“Xabarni kim, qachon joʻnatgani ahamiyatga ega emas – siz uni toʻliq nazorat qila olasiz. Agar istasangiz, ikkala tomondan ham butun suhbatni oʻchira olasiz”, deb yozgan Durov.

Avval foydalanuvchilar oxirgi 48 soat davomida joʻnatilgan xabarlarnigina oʻchira olishgan. Endi bu cheklovlar bekor qilindi. Bundan tashqari, Telegram maxfiy chatlar deb ataluvchi chatlarni toʻliq oʻchirishga ruxsat beradi.

Shuningdek, messenjerda maxfiylik imkoniyatlari kengaytirildi – endi foydalanuvchilar oʻz xabarlari uchinchi kishilarga joʻnatilishi holatida ismlari va suratlarini yashira oladilar.

Durovning fikricha, yangi imkoniyatlar foydalanuvchilarga oʻz maʼlumotlari ustidan samarali nazoratni oʻrnatishni taʼminlaydi. Uning taʼkidlashicha, eski yozishmalar uning muallifiga qarshi oʻnlab yillar keyin qarshi qoʻllanishi mumkin edi, chunki maʼlumotlar suhbatdosh tomonida saqlanib qolardi va unga taʼsir qilib boʻlmasdi.

Shuningdek, Telegram jamoasida baʼzi foydalanuvchilar xabarlarni oʻchirish imkoniyatini suiisteʼmol qila boshlashlari mumkinligini anglashlari, biroq maxfiylik va maʼlumotlar nazorati ahamiyatliroq ekani taʼkidlab oʻtilgan.

Теги: Messenjer, Pavel Durov, Telegram

Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь.
Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо войти на сайт под своим именем.
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]