наверх
Главная » Новости » XXI tehnologiyasi
11:49
Telegram o‘z kriptovalyutasi bilan “uchinchi avlod” blokcheyn-platformasini ishga tushirishni rejalashtirmoqda

Pavel Durov Telegram bazasida o‘zining xususiy “uchinchi avlod” blokcheyn-platformasini ishga tushirish niyatida, deb xabar berdi “Kommersant”.

Durovning rejalariga ko‘ra, yangi platforma Telegram ichida to‘lovlarni amalga oshirishga yordam beradi. O‘zaro hisob-kitob vositasi sifatida xususiy Gram kriptovalyutasidan foydalaniladi. Platformaning o‘zi esa Telegram Open Network deya nomlanadi va tokenlarni (ICO) joylashtirish hisobiga ishga tushadi. Messenjer asoschisi yirik kompaniyalar va invertorlardan 500 million dollar sarmoya jalb qilish niyatida. Bu kabi kompaniyalar orasida TechCrunch va Mail.ru Group ham mavjud. Shundan so‘ng, Telegram xususiy investorlardan ham mablag‘ ola boshlaydi. Yakunda tokenlarning umumiy qiymati 3—5 milliard dollarga yetishi kutilmqoda.

Telegram jamoasining fikrlariga ko‘ra, ularning blokcheyn-platformasi o‘z resurslaridan foydalanayotgan foydalanuvchilarning o‘zgaruvchan faolligiga avtomatik ravishda moslashadi va o‘z resurslarini talab eng bo‘lgan loyihalarga o‘tkazadi.
Manba: daryo.uz   

Do'stlaringizga ulashing / Поделиться:
Категория: XXI tehnologiyasi | Просмотров: 280 | Добавил: VerSign | Теги: Pavel Durov, Telegram | Рейтинг: 0.0/0
Похожие Новости
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]