Музыка по альфавиту: A | B | C | D | E | F | G | H | I | J | K | L | M | N | O | P | Q | R | S | T | U | V | X | Y | Z | 0-9

0

Telegram videoqo‘ng‘iroqlar xizmatini ishga tushirdi

Автор: MASSARIкатегория: XXI tehnologiyasiдата: 27.09.2020
Uzoq kutilgan funksiyadan hozircha Android-smartfonlar egalari foydalana olishi mumkin. Telegram’dagilarning xabar qilishicha, Apple kompaniyasi ilovaning videoqo‘ng‘iroq xizmati qo‘shilgan yangilangan versiyasini e’lon qilishni paysalga solmoqda.

«2020 yil videoaloqalarni amalga oshirish uchun ishonchli vositalarga ehtiyoj borligini namoyish etib berdi va bugun biz Android uchun mo‘ljallangan ilovada videoqo‘ng‘iroqlarning alfa-versiyasini ishga tushiramiz (iOS uchun qo‘ng‘iroqlar imkoniyat tug‘ilishi hamono paydo bo‘ladi).

Videoqo‘ng‘iroqni ishga tushirish uchun foydalanuvchi profilida kamera belgisi tushirilgan tugmani bosing. Siz suhbat mobaynida ovozli qo‘ng‘iroq va videoqo‘ng‘iroq rejimini almashtira olasiz, shuningdek qo‘ng‘iroqni yakunlamasdan turib chatlarga yoza olasiz: videoqo‘ng‘iroqni ekran burchagiga kichikroq oyna ko‘rinishiga keltirib yig‘ishtirib qo‘yish mumkin», — deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, videoqo‘ng‘iroqlarda ma’lumotlarni himoyalash uchun ikki tomonlama shifrlashdan foydalaniladi. Ulanish xavfsiz amalga oshganini tekshirish uchun siz va suhbatdoshingiz ekranida paydo bo‘luvchi to‘rtta emodzini solishtirish kerak: agar simvollar bir xil bo‘lsa, maxfiy chatlar va ovozli qo‘ng‘iroqlarda bo‘lgani singari, qo‘ng‘iroq shifrlar bilan mustahkam himoyalangan bo‘ladi.

«Taassufki, iOS foydalanuvchilari Apple yangilanishni tekshirib chiqqunga qadar biz bilan birgalikda biroz kutishlariga to‘g‘ri keladi. Ehtimol, bu ayrimlar uchun foydalanuvchilar hamda ishlab chiqaruvchilarni ko‘proq hurmat qiluvchi mobil platforma (masalan, Android)ga o‘tish uchun sabab bo‘lib xizmat qiladi», — deyiladi xabarda.

Ta’kidlash joiz, 14 avgust kuni Telegram messenjeri ishga tushganiga 7 yil to‘ldi. Tavallud kuni munosabati bilan ishlab chiqaruvchilar animatsiyalashgan emodzilar to‘plamini ham kengaytirishdi.

Теги: Telegram, Messenjer, videoqo'ng'iroq

Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь.
Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо войти на сайт под своим именем.
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]