Музыка по альфавиту: A | B | C | D | E | F | G | H | I | J | K | L | M | N | O | P | Q | R | S | T | U | V | X | Y | Z | 0-9

0

Telegramda ehtiyot chorasi. Yana bir himoyani unutmang!

Автор: MASSARIкатегория: Telegram Sirlari haqidaдата: 18.01.2022
Salom saytimiz hamda telegram foydalanuvchilari!
Sizlarga telegramdagi yana bir funksiya haqida xabar bermoqchiman. Boisi bu siz uchun sali juda muhim. Begona insonlarning shaxsiy hayotingizga bevosita aralashishini oldini olish maqsadida sizga ushbu funksiya haqida qisqacha tarif berib o'tmoqchiman va uni bartaraf etish yo'lini o'rgatmoqchiman.
Telegram shunday messenjerki, unga bir nechta uskunadan kirishingiz mumkin. Xatto 10 tagacha. Siz o'z telegram akkauntingizni boshqa telefon yoki kompyuterdan o'chirishni unutgan bo'lsangiz, uni to'xtatib qolishini imkoni bor.
Misol keltiraylik, siz telegramni do'stingizni telefoniga o'rnatdingiz, lekin akkauntingizdan chiqib ketishga ulgurmadingiz yoki esingizdan chiqdi deylik. Akkauntingiz o'sha kirgan telefon yoki kompyuterda qolib ketadi. Siz boshqa uskunada foydalanayotgan bo'lsangizda o'sha uskunada qolib ketgan akkaun ishlashda davom etadi. Bunday holat oz emas, ko'p emas odamlarda kuzatiladi. Siz balkim bilmassiz, sizning shaxsiy hayotingiz muhokama qilinayotgan telegram messenjerida barcha ma'lumotlaringiz, shaxsiy rasmlar va sirlaringizdan kimdir xabardor bo'layotgandir.
Yana bir misol, telefoningizni sotishga majbur bo'ldingiz yoki telefoningizni yo'qotib qo'ydingiz. Telegram ilovasi ushbu telefonda qolib ketdi. Bu ham shaxsiy hayotingiz uchun balkim havflidir. Balkim telefoningizni topib olgan odam sizning shaxsiy ma'lumotlaringizdan foydalanishi ham mumkin.
Whatsappda esa bunday funksiya yo'q. Boshqa telefondan qaytadan akkauntingizga kirsangiz avvalgi foydalangan ilovangizdan akkauntingiz avtomatik o'chib ketadi.
Hullas, sizga ushbu holatni daf qilishni o'rgataman.
Telegram ilovasiga kirasiz.

Inglizchada: Menu » Settings » Privacy and Security » Active Sessions
Ruschada: Меню » Настройки » Приватность и безопасность » Активные сеансы

Telegramda ushbu sahifasiga kirganingizda eng tepada hozirda siz foydalanib turgan uskuna nomi ko'rsatiladi. Pastida esa qolgan uskunalar. Agar tepada bitta uskuna nomi ko'rsatilib, pastda boshqa uskuna ko'rsatilmasa, bilingki sizning akkauntingiz yagona o'zingizni uskunangizda turgan bo'ladi.
Agar pastda uskunalar soni bir yoki undan ortiq bo'lsa, ular o'zingizga tegishli emasligini bilsangiz:
Inglizchada: Terminate all other sessions
Ruschada: Завершить все другие сеансы
bosing va boshqa notanish uskunalardan akkauntingizni o'chiring. Shundan so'ng, ularning ilovalarida avtomatik akkauntingiz o'chib ketadi va sizning shaxsiy ma'lumotlaringizda qaytib aralasha olmaydi.

Hali oldinda Telegramning siz bilmagan sirlari juda ham ko'p. Sizga esa ularni biz o'rgatamiz.

Muxriddin Shermuhammedov tayyorladi.

Теги: Akkaunt himoyalash, telegram sirlari

Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь.
Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо войти на сайт под своим именем.
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]