наверх
Главная » Новости » Shou-Biznes yangiliklari
13:11
Timatining Toshkentdagi konserti boshqa joyga ko‘chirildi

Rossiyalik reper Timatining 27 noyabr kuniga belgilangan yakkaxon konsert dasturi boshqa maydonchaga ko‘chirildi.

“Taniqli reperning konserti Anhor Lokomotiv parkida emas “Xalqlar do‘stligi” saroyida bo‘lib o‘tadigan bo‘ldi. Lekin konsert sanasi o‘zgarmagan. Ya’ni 27 noyabr soat 20:00da” bo‘lib o‘tadi.

Tashkilotchilar aytishiga qaraganda konsert maydonchasini o‘zgartirish muxlislar tomonidan kelib tushgan “ko‘plab iltimoslarga asosan” amalga oshirilgan. Allaqachon chipta sotib olishga ulgurgan fuqarolar ularni qaytarishlari yoki teng qiymatli chiptalarga almashtirishlari mumkin.

Konsert bilan bir vaqtda Toshkentda mashhur reper asos solgan Black Star Burger restoranlaridan biri ham ochilishi rejalashtirilgan.
Manba: zamin.uz   

Do'stlaringizga ulashing / Поделиться:
Категория: Shou-Biznes yangiliklari | Просмотров: 589 | Добавил: MASSARI | Теги: Toshkentda konsert, timati | Рейтинг: 0.0/0
Похожие Новости
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]