Музыка по альфавиту: A | B | C | D | E | F | G | H | I | J | K | L | M | N | O | P | Q | R | S | T | U | V | X | Y | Z | 0-9

0

TIV Xitoydagi yoki u yerga bormoqchi bo‘lgan o‘zbekistonliklarni ogohlantirmoqda

Автор: MASSARIкатегория: O'zbekiston yangiliklariдата: 19.01.2020
Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekistonning Xitoy Xalq Respublikasidagi Elchixonasiga tayanib bergan bayonotiga ko‘ra, Xitoy rasmiy idoralari 2020 yil 11 yanvar kuni Uxan shahrida korona virusning yangi tipidan vafot etgan birinchi fuqaro haqida xabar berdi. Uxan shahri sog‘liqni saqlash masalalari bo‘yicha qo‘mitasi tarqatgan ma’lumotga binoan, bugungi kunda 40 dan oshiq kishi kasallangan, yana yuzga yaqin kishi tibbiy kuzatuv ostida.

Kasallik tarqatuvchisi “korona virusning avval ma’lum bo‘lmagan tipi” hisoblanadi. Olimlar tomonidan virus genomi o‘rganib chiqildi.
Elchixona Konsullik bo‘limi Uxan shahrida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari bilan tushuntirish ishlari o‘tkazdi.

Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda TIV Konsullik-huquqiy departamenti Xitoy, xususan uning Xubey provinsiyasi va Uxan shahrida bo‘lib turgan yoki bormoqchi bo‘lgan vatandoshlarimizni zaruriy ehtiyot choralarini ko‘rishga chaqiradi.

Теги: Xitoy, Korona virusi

Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь.
Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо войти на сайт под своим именем.
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]