Olov-Olov turk serial

Музыка по альфавиту: A | B | C | D | E | F | G | H | I | J | K | L | M | N | O | P | Q | R | S | T | U | V | X | Y | Z | 0-9

0

Tongda qahva ichish kerakmi?

Автор: MASSARIкатегория: Foydali maslaxatlarдата: 25.01.2021
Koʻpchiligimiz uchun tong bir finjon qahva bilan boshlanishi aniq. Ichimlik uygʻonish va tetiklanishga yordam beradi, deb hisoblanadi. Axir uygʻongandan keyin aynan shu narsa kerak-da. Biroq bu aslida ham shundaymi? Keling, birgalikda oydinlik kiritamiz.

Aslida, koʻplab olimlar va tadqiqotchilar uygʻongach, darhol qahva ichmaslik, uni soat oʻn ikkiga yaqin isteʼmol qilgan maʼqul (tushlikdan keyin boʻlsa yana yaxshi) degan fikrni qoʻllab-quvvatlashadi. Bu kortizol gormoni bilan bogʻliq.

Tungi uyqudan keyin uning qondagi miqdori yuqori. Kortizol – nafaqat zoʻriqish, balki sirkad suratlari gormoni hamdir. Aynan uning qondagi miqdori biz faol yoki uxlashni istashimizni belgilaydi. U faolligimizning tabiiy uygʻotuvchisi sanaladi.

Kofein haqiqatan ham tetiklantiradi. Biroq agar qahvani erta tongda ichsak, qondagi “tetiklik gormoni” miqdori shusiz ham yuqori boʻlgan bir paytda organizm kortizol sabab kuchning tabiiy oqimini ichimlik tufayli sunʼiysiga almashtiradi.

Buning natijasi achinarli. Birinchidan, sizda tobelik rivojlanadi. Chunki tashqi stimulyatorga oʻrgangan organizm kamroq kortizol ishlab chiqaradi. Oʻzingizni koʻproq holsiz his etasiz. Natijada koʻproq qahva ichishni istaysiz. Biroq bu ham samarali boʻlmaydi. Chunki tez orada organizmingiz ilgarigi kabi qahva stimulyatoriga reaksiya qilmay qoʻyadi.

Demak, organizmda kortizol yuqori boʻlgan vaqtni aniqlaymiz. Birinchi oraliq: soat 6 dan 10 gacha. Ikkinchi: 12 dan 14 gacha. Demak, qahva ichish uchun eng yaxshi vaqt: soat 10 dan 12 gacha va 14 dan 17 gacha. Soat 17 dan keyin qahva tungi uyquga salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkin.

Qahva - aʼlo darajadagi tabiiy stimulyator. Shunga qaramay, bari oʻz oʻrnida boʻlgani maʼqul. Bu ichimlikni juda koʻp ichish (hatto tavsiya etilgan soatlarda ham) salomatlik uchun yaxshi boʻlmaydi. Albatta, oʻsha zahoti kuch va tetiklikka ega boʻlishingiz mumkin. Biroq bu tunda uxlolmay, uyqusizlikdan aziyat chekishga arziydimi?

Теги: qahva, qaxva

Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь.
Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо войти на сайт под своим именем.
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]