наверх
Главная » Новости » Xikoyalar / Mutolaa
19:17
Topa olmaysiz! Ta'sirli ibratli she'r

Qadriga yetinglar bo'lsa akangiz,
Ko'nglini tutinglar bo'lsa ukangiz,
Bir kuni qurisa mador dingkangiz,
Begonalar tomon chopa olmaysiz,
Ulardan boshqani topa olmaysiz.

Boshingizda tuting mushfiq singlingiz,
Ko'tarar shu qizcha bir kun ko'nglingiz,
G'amli kunlar kelsa shuni bilingiz,
Tashvishlar eshigin yopa olmaysiz,
Ulardan boshqani topa olmaysiz.

Agar yoningizda bo'lsa opangiz,
Poyini emaklab suyib o'pingiz,
Musibat chog'ida xar yon chopingiz,
Bozordan boshqa opa sotib ololmaysiz,
Ulardan boshqani topa olmaysiz.

Yaxshi kunda qadrini biling yoringiz,
Dard kelsa shu bo'lar xam bemoringiz,
Tarqalib ketganda yo'g'u boringiz,
Ko'z yoshi birovga sepa olmaysiz,
Shu yordan boshqani topa olmaysiz.

Bugun sho'x yurgan jajji bolangiz,
Artadi bir kuni ko'zda jolangiz,
Suykalib kelsa gar boshin silangiz,
Birovning bolasin o'pa olmaysiz.
Ulardan boshqasin topa olmaysiz.

Oh, qattiq avaylang bo'lsa opangiz,
Duosini oling bo'lsa otangiz,
Gar yonida bo'ling xursand onangiz,
Bu dunyo eshigin yopa olmaysiz,
Ulardan boshqasin topa olmaysiz.
Manba: zamonaviy.uz   

Do'stlaringizga ulashing / Поделиться:
Категория: Xikoyalar / Mutolaa | Просмотров: 1268 | Добавил: MASSARI | Теги: tasirli sher, ibratli sher, topa olmaysiz | Рейтинг: 0.0/0
Похожие Новости
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]