Регистрация
Меню сайта
Реклама
0

Toshkent agrar universiteti dekan o‘rinbosari talabaning imtihonga kirishiga ruxsat berish uchun 600 ming so‘m olgan vaqtida qo‘lga tushdi

Автор: VerSignкатегория: O'zbekiston yangiliklariдата: 22.02.2019
Bosh prokuratura huzuridagi Departament tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Toshkent davlat agrar universiteti dekan o‘rinbosari X.A. universitetning 2-kurs talabasi A.dan uni yakuniy imtihonlarga kirishiga ruxsat berish evaziga 600 ming so‘m olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Bundan tashqari, X.A. muntazam ravishda dars soatlarini qoldirgan 11 nafar talabalarni imtihonlarga kirishlariga ruxsat berishi evaziga olgan jami 4,6 mln. so‘m pul mablag‘larini ixtiyoriy ravishda taqdim qilgan.

“Mazkur holat yuzasidan X.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda”, — deyiladi Bosh prokuratura axborotida.

Теги: Toshkent agrar universiteti dekan o

Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь.
Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо войти на сайт под своим именем.
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]