Регистрация
Меню сайта
SEVIMLI SERIAL!
Наш опрос
Sizga qaysi turk seriali yoqadi?
Barcha javob: 643
Статистика

Онлайн всего: 30
Гостей: 30
Пользователей: 0
0

Toshkent axborot texnologiyalari universitetida forma kiygan “zaychiklar” qo‘lga tushdi

Автор: VerSignкатегория: O'zbekiston yangiliklariдата: 19.07.2019
Avvalroq Toshkent axborot texnologiyalari universiteti joriy yilda o‘zining test sinovlarini o‘tkazish joylarida biometrik va pasport ma’lumotlari asosida abituriyentlarni nazorat qilish (identifikatsiya) va boshqarish tizimini joriy etilishini ma’lum qilgan edi. Bu haqda universitetning tuit.uz sayti ham ma’lumotlar berib o‘tgandi.

Joriy yilning 5-iyul kuni Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Maxsus fakultetining 450 nafar abituriyentlari uchun test imtihonlari o‘tkazildi.

Biometrik va pasport ma’lumotlari asosida abituriyentlarni nazorat qilish va boshqarish tizimi asosida “Zaychik” abituriyentlar aniqlandi, deb xabar berildi universitetning Facebook’dagi sahifasida.

Xalq orasida “Zaychik” deya ataluvchi abituriyentlar “biometrik tizimni aldayman” degan umidda harbiylar formasini kiyishga ham muyassar bo‘lgan, natijada esa 16 ta “zaychik” qopqonga tushdi.

Shu bilan bir qatorda, 100 dan ortiq mobil aloqa vositalari aniqlanib, test jarayoniga kiritilmadi.

Shu bilan bir qatorda diplom muqovasi ichiga konspiratsiya – ya’ni yashirilgan telefonlar ham aniqlandi.

Теги: o'zbekiston

Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь.
Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо войти на сайт под своим именем.
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]