Регистрация
Меню сайта
SEVIMLI SERIAL!
Наш опрос
Sizga qaysi turk seriali yoqadi?
Barcha javob: 126
Статистика

Онлайн всего: 218
Гостей: 218
Пользователей: 0
0

Toshkent metropoliteni: bepul Wi-Fi va elektron to‘lovlar barcha bekatlarga joriy qilinadi

Автор: VerSignкатегория: O'zbekiston yangiliklariдата: 27.06.2019
Yo‘lovchilarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish, mamlakatda sayyohlikni rivojlantirish va keng targ‘ib qilish maqsadida “Toshkent metropoliteni” unitar korxonasi tomonidan sinov tariqasida metro bekatlarida bepul, tezligi 512 Kbit/s bo‘lgan Wi-Fi o‘rnatilgan (ichki resursida). Bu haqda O‘zbekiston temir yo‘llari matbuot xizmati xabar berdi.

Hozirgi kunda “Alisher Navoiy” va “Paxtakor” bekatlarida ushbu tizim samarali faoliyat ko‘rsatmoqda. Mazkur xizmatdan har qanday O‘zbekiston Respublikasining uyali aloqa operatorining abonentlari bo‘lgan yo‘lovchilar avtorizatsiyadan o‘tgandan keyin (SMS-kodi orqali) foydalanishi mumkin. Ayni paytda poytaxtdagi barcha metro bekatlarida internetga bepul Wi-Fi texnologiyasi orqali ulanishni kengaytirish bo‘yicha ishlar bosqichma-bosqich olib borilmoqda. Mazkur loyiha Independent Telecom innovations IT-kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.

Shuningdek, sinov tariqasida “Bodomzor” va “Mustaqillik maydoni” bekatlarida joriy qilingan elektron to‘lovlar tizimi boshqa bekatlarda ham keng joriy qilinadi. Unda zamonaviy avtomatlashtirilgan to‘lov tizimi, ya’ni NFC dasturini o‘rnatish ko‘zda tutilgan. Ushbu loyihaga ko‘ra, uyali aloqada mavjud bo‘lgan hisoblardan ham to‘lovlarni amalga oshirish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, tajriba-sinov tariqasida “Alisher Navoiy” va “Paxtakor” metrostansiyalarida jamoat Wi-Fi qurilmalari ishlayotgani va 500 ga yaqin foydalanuvchi tarmoqqa ulangani haqida xabar berilgan edi.

Теги: Toshkent metropoliteni: bepul Wi-Fi

Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь.
Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо войти на сайт под своим именем.
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]