Музыка по альфавиту: A | B | C | D | E | F | G | H | I | J | K | L | M | N | O | P | Q | R | S | T | U | V | X | Y | Z | 0-9

0

Toshkent shahar hokimligi qo‘shiqchi Sanjayga ish taklif qildi

Автор: MASSARIкатегория: O'zbekiston yangiliklariдата: 19.10.2021
Toshkent shahar hokimligi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xonanda SanJayning chiqishiga o‘z munosabatini bildirdi.
«Xonanda SanJay dolzarb masalani ko‘targan bo‘lib, shahrimizda chiqindilar to‘planib qolmasligi uchun odamlarni befarq bo‘lmaslikka chaqirgan, ular tomonidan muzqaymoq qog‘ozlari, sigareta qoldiqlari, turli salqin ichimliklar idishlarini xohlagan joylarga tashlab ketayotganligini ta’kidlagan.

Bunday salbiy holatlar ayniqsa, yoz paytida ko‘payib, go‘zal poytaxtimizning husniga dog‘ bo‘lishi tabiiy hol.
Shu bilan birga, shahrimiz ozodaligi uchun ko‘plab insonlar mehnat qilayotganligi va ularning munosib mehnatini ta’kidlashimiz ham lozim.

Toshkent shahar hokimligi xonanda SanJayga poytaxtimiz tozaligiga munosib hissa qo‘shmog‘i uchun uni o‘zi istiqomat qilayotgan Shayxontohur tuman Obodonlashtirish bo‘limi rahbari lavozimiga ishga taklif etadi», – deyiladi xabarda.

Xonanda SanJaydan ushbu taklifni qabul qilishi uchun +998977015111 telefon raqamiga murojaat etishi so‘ralgan.

Теги: San Jay, Jaxongir Ortiqxo'jayev, toshkent

Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь.
Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо войти на сайт под своим именем.
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]