наверх
Главная » Новости » O'zbekiston yangiliklari
16:34
Toshkent xalqaro aeroportida yangi qabul zali ochiladi

Toshkent xalqaro aeroportida yaqin kunlarda jahon andozalariga javob beradigan qabul zali o‘z ishini boshlaydi. Bu haqda UzNews xabar bermoqda.

Unda 12 ta pasport nazorati punkti bo‘lishi rejalashtirilgan bo‘lib, 24 nafar chegarachi, ya’ni har bir punktda ikki kishidan faoliyat olib boradi.

Hozirda 250 yo‘lovchini qabul qilish uchun 15 daqiqa vaqt sarflanayotgan bo‘lsa, zal ish boshlagach bu vaqt ikki baravar qisqarishi aytilmoqda.

Shuningdek, zalda yuklarni qabul qilishga mo‘ljallangan 4 ta alohida joy ochiladi va bir paytning o‘zida 4 ta reysning yuklarini qabul qilish imkoni tug‘iladi.

Ushbu zal faoliyat boshlagach O‘zbekistonga kelayotgan har bir mehmon uzog‘i bilan 30 daqiqa ichida shaharga chiqib ketish imkoniga ega bo‘lishi kutilmoqda.
Manba: Daryo.uz   

Do'stlaringizga ulashing / Поделиться:
Категория: O'zbekiston yangiliklari | Просмотров: 82 | Добавил: VerSign | Теги: Toshkent xalqaro aeroportida yangi | Рейтинг: 0.0/0
Похожие Новости
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]