наверх
Главная » Новости » O'zbekiston yangiliklari
01:33
Toshkentda bir kechada 8 nafar fohisha qo‘lga olindi

Joriy yil 28 iyulga o‘tar kechasi Toshkent shahrida olib borilgan tungi patrullash tadbirlari vaqtida 8 nafar ayol fohishalik bilan shug‘ullanishda gumonlanib, qo‘lga olindi. Bu haqda IIBB matbuot xizmati ma’lum qildi.

O‘rganish ishlari natijasida aniqlanishicha, ularning bari avval ham Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 190-moddasi (fohishalik bilan shug‘ullanish) bilan javobgarlikka tortilgan bo‘lgan.

Tadbir davomida ayollarning shaxsi, turar joyi va ro‘yxatdan o‘tgan manzili aniqlandi hamda tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Bundan tashqari, yengil tabiatli ayollar bilan suhbatlar o‘tkazildi.

Muloqot chog‘ida bu yo‘lga kirib qolishlariga sabab bo‘lgan omillar va ularni qiynab kelayotgan muammolari o‘rganildi.
Manba: zamin.uz   

Do'stlaringizga ulashing / Поделиться:
Категория: O'zbekiston yangiliklari | Просмотров: 2798 | Добавил: MASSARI | Теги: fohisha, toshkent | Рейтинг: 0.0/0
Похожие Новости
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]