наверх
Главная » Новости » O'zbekiston yangiliklari
20:37
Toshkentda BMW X6 avtomobiliga maxsus qurilmalar o‘rnatgan haydovchi jarimaga tortildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentda BMW X6 avtomobili haydovchisi mashinasiga maxsus qurilmalar o‘rnatganligi haqida videolavha tarqalgandi. Bu haqda shahar IIBB YHXB xabar bermoqda.

Ko‘rilgan choralar natijasida mazkur transport vositasi haydovchisi, 1985-yilda tug‘ilgan F.J. poytaxtning Uyg‘ur ko‘chasida to‘xtatilib tekshirilganda, tegishli ruxsat olmay mashinasiga tovush chiqaruvchi va yorituvchi maxsus qurilmalarni o‘rnatib harakatlangani aniqlandi.

Haydovchiga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 127-moddasi 2-qismiga asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.
Manba: daryo.uz   

Do'stlaringizga ulashing / Поделиться:
Категория: O'zbekiston yangiliklari | Просмотров: 512 | Добавил: VerSign | Теги: Toshkentda BMW X6 avtomobiliga maxs | Рейтинг: 0.0/0
Похожие Новости
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]