наверх
Главная » Новости » O'zbekiston yangiliklari
14:37
Toshkentda Meizu M6 smartfoni 1 mln so‘mdan sotuvga chiqdi

Toshkentda Meizu M6 smartfoni sotila boshladi, deb yozadi “Mobinfo.uz”. Uning 2 Gb tezkor va 16 Gb doimiy xotirali versiyasi 1 028 700 so‘m, 3 Gb tezkor va 32 Gb doimiy xotirali versiyasi esa 1 150 200 so‘mdan sotilmoqda.

Smartfon korpusi polikarbonatdan ishlangan. Qurilma 5,2 dyuymli va 1280×720 pikselli IPS-ekran, 13 megapikselli asosiy va 8 megapikselli old kamera, 8 yadroli MediaTek MT6750 protsessori, 3070 mA/soat sig‘imli batareya bilan jihozlangan.

Flyme OS6.0 firma qobig‘idagi Android 7.0 Nougat operatsion tizimida ishlaydi. Barmoq izi skaneri “Uyga” tugmasiga o‘rnatilgan.

Telefonga ikkita SIM-karta o‘rnatish mumkin, u LTE tarmoqlarida ishlay oladi. Smartfonda energiyani tejash rejimi ko‘zda tutilgan.

Ushbu qurilmani ko‘rsatilgan narxda sotib olishga “Daryo” nashri kafolat bermaydi. Qurilma va uning narxi haqidagi axborot faqat tanishish uchun taqdim etilgan.
Manba: daryo.uz   

Do'stlaringizga ulashing / Поделиться:
Категория: O'zbekiston yangiliklari | Просмотров: 1068 | Добавил: VerSign | Теги: M6, Toshkentda, sotilib boshladi | Рейтинг: 0.0/0
Похожие Новости
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]