наверх
Главная » Новости » O'zbekiston yangiliklari
21:28
Toshkentdagi Baynalmilal ko‘chasiga Seul nomi beriladi

Toshkentdagi Baynalmilal ko‘chasiga Seul nomi beriladi. U koreyscha uslubda rekonstruksiya qilinadi, deb xabar beradi “Gazeta.uz” shahar hokimining investitsiyalar, innovatsiyalar va turizmni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Alisher Tillayevga asoslanib.

Amaldorning ta’kidlashicha, Janubiy Koreya mutaxassislari shahar arxitektura xizmati bilan hakmorlikda Seul ko‘chasining Beshog‘ochdan Oqtepagacha bo‘lgan qismining dizayni ustida ishlaydi.

Loyihaga binoan Oqtepa anhori bo‘yida saylgoh, qahvaxonalar, restoranlar va boshqa obyektlar yaratilishi ko‘zda tutilgan.

Loyiha O‘zbekiston tomonidan ishlab chiqilmoqda, ammo uni Janubiy Koreya ekspertlari tasdiqlashi lozim bo‘ladi.

“Biz rostan bu koreyscha dizaynmi, darvozalar, dam olish joylari va boshqa obyektlar rostanam koreys uslubida ekanligini tasdiqlab olishimiz kerak. Qandaydir belgida, harfda adashsak, bu koreyscha emas, boshqacha uslub bo‘lib qoladi”, — dedi Seul ma’muriyati vakili, Toshkentga shahar hokimiyati taklifiga binoan kelgan Kim Day Song.

Kim Day Song Mo‘g‘uliston, Misr, Eron, Fransiya, Germaniya, O‘zbekiston va boshqa davlatlarda koreyscha bog‘larni loyihalashtirishda ishtirok etgan.
Manba: daryo.uz   

Do'stlaringizga ulashing / Поделиться:
Категория: O'zbekiston yangiliklari | Просмотров: 361 | Добавил: VerSign | Теги: toshkent, Baynalmilal, ko'chasi | Рейтинг: 0.0/0
Похожие Новости
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]