наверх
РЕКЛАМА...
Главная » Новости » O'zbekiston yangiliklari
08:55
ToshTTMIga 8 000 dollar evaziga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan muhandis qo‘lga tushdi

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi xodimlari 14-iyul kuni Quyuv-mexanika zavodi muhandisi Fayzi Abdurahimovni pora olayotgan vaqtda qo‘lga oldi.

IIBB ma’lumotlariga ko‘ra, Abdurahimov o‘zini Toshkent temiryo‘l transporti muhandislari instituti xodimi sifatida tanishtirib, abituriyentlardan birini o‘qishga kiritib qo‘yish va’dasi bilan 8 ming dollar olgan.

Mazkur holat yuzasidan Mirzo Ulug‘bek tumani prokuraturasi tomonidan firibgarlik va pora berishga dalolatchilik qilish alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘agan.

ToshTTMIga kiritib qo‘yish va’dasi bilan pora olish holati 12-iyul kuni ham qayd etilgan edi. Shuningdek, avvalroq Toshkent davlat pedagogika universiteti dekan muovini 7 ming dollar pora bilan qo‘lga tushgan edi.
Manba: daryo.uz   

Do'stlaringizga ulashing / Поделиться:
Категория: O'zbekiston yangiliklari | Просмотров: 243 | Добавил: VerSign | Теги: toshkent | Рейтинг: 0.0/0
Похожие Новости
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]