Регистрация

CHUQUR / ÇUKUR 4.SEZON
BARCHA QISMLARI
BARCHA SOUNDTRACKLARI
Меню сайта
SEVIMLI SERIAL!

CHUQUR / ÇUKUR 4.SEZON
BARCHA QISMLARI
BARCHA SOUNDTRACKLARI
Категория
Dunyo yangiliklari [536] |
O'zbekiston yangiliklari [789] |
Sport yangiliklari [299] |
Shou-Biznes yangiliklari [176] |
XXI tehnologiyasi [247] |
Mobil operatorlar [33] |
Kino va Serial yangiliklari [158] |
Sevgi Iztirobi Voqealar Rivoji [36] |
Qiziqarli faktlar [73] |
Qiziqarli ma'lumotlar [154] |
Dunyo g'aroyibotlari [61] |
Foydali maslaxatlar [95] |
Tibbiyot olami [43] |
Avto Olam [75] |
Munajjimlar bashorati [136] |
Xikoyalar / Mutolaa [30] |
Telegram Sirlari haqida [12] |
Premyeralar [7] |
Turmush chorraxalarida [75] |
Qo'shiqlar matni [21] |
Psixologik maslaxatlar [17] |
Саундтреки
"CHUQUR" TURK SERIAL MP3
"ICHKARIDA" TURK SERIAL MP3
"QADAM" O'ZBEK SERIAL MP3
"QORA NIYAT" TURK SERIAL MP3
"SEVGI IZTIROBI" TURK SERIAL MP3
"SO'YLA QORADENGIZ" TURK SERIAL MP3
"CHOLIQUSHI" TURK SERIAL MP3
"GULPERI" TURK SERIAL MP3
"JASUR VA GO'ZAL" TURK SERIAL MP3
"G'AROYIB DOKTOR" TURK SERIAL MP3
"MALIKAM, ENDI QARA" TURK SERIAL MP3
"ICHKARIDA" TURK SERIAL MP3
"QADAM" O'ZBEK SERIAL MP3
"QORA NIYAT" TURK SERIAL MP3
"SEVGI IZTIROBI" TURK SERIAL MP3
"SO'YLA QORADENGIZ" TURK SERIAL MP3
"CHOLIQUSHI" TURK SERIAL MP3
"GULPERI" TURK SERIAL MP3
"JASUR VA GO'ZAL" TURK SERIAL MP3
"G'AROYIB DOKTOR" TURK SERIAL MP3
"MALIKAM, ENDI QARA" TURK SERIAL MP3
0
Tozalash vositalari uzoq muddatda o`pka faoliyatiga salbiy ta`sir etadi
Автор: KenjaMediaкатегория: Foydali maslaxatlarдата: 16.01.2021

Olimlar kimyoviy tozalash vositalarining inson salomatligiga salbiy ta`sirini kamaytirish uchun aksar hollarda uy tozalash uchun mikrotolali mato va toza suvning o`zi etarli, demoqda.
BiBiSi nashrida chop etilgan maqolada britaniyalik shifokorlar odamlarga xonalarni muntazam shamollatib turishni va uy tozalash uchun purkaladigan kimyoviy vositalar o`rniga suyuq vositalardan foydalanishni maslahat bermoqda.
Amerikaning “Nafas organi kasalliklari va jonlantirish tibbiyoti” jurnalida chop etilgan maqolada tozalash vositalarining 20 yil davomida kattalar salomatligiga ta`sirini o`rgangan mutaxassislar xulosalari bayon qilingan.
“Odam o`pkasining qanchalar sog`lom ekanini bilish, o`pka qancha miqdorda havoni kuch bilan siqib chiqara olishi bilan o`lchanadi. Yillar davomida tozalash ishlari bilan muntazam shug`ullanib kelgan ayollarning o`pkalari vaqt o`tgan sari kamroq miqdorda havo siqib chiqara boshlaydi”, - deyiladi tadqiqot xulosasida.
Tadqiqot mualliflariga ko`ra, tozalash vositalari tarkibidagi kimyoviy moddalar o`pkaning shilliq membranalarini qizartirib, uzoq muddatda o`pka faoliyatiga salbiy ta`sir etadi.
Erkaklar orasida o`tkazilgan tekshiruv natijalariga ko`ra, tozalash ishlari bilan shug`ullangan va shug`ullanmagan erkaklarning o`pkasida katta farq kuzatilmagan.
Britaniyadagi O`pka kasalliklari bo`yicha markaz xodimi Sara Mak Fadyen fikricha, har qanday ifloslangan havodan nafas olish shubhasiz, salomatlikka, ayniqsa, o`pka xastaliklariga chalingan odamlar sog`ligiga ko`proq salbiy ta`sir etadi.
“Ushbu tadqiqot, nafas olayotganimiz havoning ifloslanishi turli manbalar jumladan, xona ichida qo`llaydiganimiz har xil bo`yoqlardan, kimyoviy tozalash vositalaridan kelib chiqishini ko`rsatdi. Agar xonani tez-tez shamollatib tursak, purkaladigan kimyoviy tozalash vositalari o`rniga suyuq vositalardan foydalansak, gaz plita va isitish pechkalari soz ishlasa, kunda foydalaniladigan mahsulotlarning o`pkaga salbiy ta`sirini kamaytirgan bo`lamiz”, - deydi britaniyalik olim.
Вернуться
Просмотров: 1101
Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь.
Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо войти на сайт под своим именем.
Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо войти на сайт под своим именем.
Всего комментариев: 0 | |
YOUTUBE