Регистрация
Меню сайта
SEVIMLI SERIAL!
Наш опрос
Sizga qaysi turk seriali yoqadi?
Barcha javob: 643
Статистика

Онлайн всего: 116
Гостей: 116
Пользователей: 0
0

Tramp Putin bilan uchrashuvini “hayratlanarli” deb atadi

Автор: VerSignкатегория: Dunyo yangiliklariдата: 19.07.2019
AQSh prezidenti Donald Tramp Gamburgda bo‘lib o‘tgan G20 sammiti doirasida Rossiya davlat rahbari Vladimir Putin bilan uchrashuvini “hayratlanarli” deb atadi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.

AQSh yetakchisi Putin bilan uchrashuv taassurotlari haqida shanba kuni tongda Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuv chog‘ida aytib o‘tgan.

CNN jurnalisti Jeff Zeleni Amerika prezidenti Putin bilan uchrashuvini qanday ta’riflagani haqida Twitter’dagi sahifasida yozib qoldirgan. “Prezident Putin bilan hayratlanarli uchrashuv bo‘lib o‘tdi”, — deb, Trampning so‘zlaridan iqtibos keltirdi jurnalist.

AQSh davlat kotibi Reks Tillersonning so‘zlariga ko‘ra, Putin va Tramp o‘zlarining ilk uchrashuvida “juda tez til topishib ketdi”, ular o‘rtasida “ijobiy bir ximiya” yuzaga kelgan. Tillerson ikki davlat rahbarlari muloqotini samimiy o‘tganini ta’kidladi.

Putin va Trampning dastlabki uchrashuvi yopiq eshiklar ortida bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv ikki soatdan ortiq davom etdi: “Interfaks” uchrashuv 2 soat 15 daqiqa o‘tgani haqida yozdi, “RIA Novosti” esa 2 soat 20 daqiqa deb chiqdi, Reuters esa AQSh davlat departamentidagi manbaga asoslanib, muzokaralar ikki yarim soat davom etganini ma’lum qildi.

Теги: Tramp, Putin

Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь.
Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо войти на сайт под своим именем.
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]