Музыка по альфавиту: A | B | C | D | E | F | G | H | I | J | K | L | M | N | O | P | Q | R | S | T | U | V | X | Y | Z | 0-9

0

Turk deputatining uyida o‘zini o‘ldirgan Nodira Qodirovani prokuratura fohishalik qilganlikda aybladi

Автор: MASSARIкатегория: Dunyo yangiliklariдата: 19.10.2019
Turkiya AK partiyasi deputati Shirin Unalning uyida o‘z joniga qasd qilgan Nodira Qodirova ishi yuzasidan prokuror Nodiraning dugonasi Laylo Niyozovani so‘roq qilgan, deb xabar beradi «Togri.uz».

Prokuror Nodira va Layloni fohishalikda ayblamoqda. Niyozova prokurorning da’vosini rad etgan. U Qodirova o‘zi bilan oxirgi marta ko‘rishganida deputat unga yopishgani haqida gapirganini aytdi.

«Mening Nodirani fahsh ishlarga undaganim yoki bu ishni qilishiga sharoit yaratib berganim haqidagi da’volar to‘g‘ri emas. Tirikchiligimni Laleli tumanidan sotib olgan tekstil mahsulotlarini O‘zbekistonga jo‘natish orqali ta’minlayman. Kerak bo‘lsa yuborilgan cheklarni ham taqdim qilishim mumkin. Nodira uyimda hech qachon tunamagan», — dedi Laylo Niyazova.

Qolaversa, Nodira bilan bir muddat arazlashib keyin yarashib olganini tan olgan Niyazova «faqat buning sababi uni fahshga undaganim da’vosi emas. Chunki bunday voqea mutlaqo bo‘lmagan», — degan Laylo Niyazova.

Теги: Turkiya, Nodira Qodirova

Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь.
Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо войти на сайт под своим именем.
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]