Музыка по альфавиту: A | B | C | D | E | F | G | H | I | J | K | L | M | N | O | P | Q | R | S | T | U | V | X | Y | Z | 0-9


0

Erkakda or, ayolda nomus bo‘lmasa...

Автор: MASSARIкатегория: Turmush chorraxalaridaдата: 09.03.2018
Turkiyadagi universitetlardan birida o‘qiyman, o‘qishdan bo‘sh paytlarimda esa tarjimonlik bilan shug‘ullanaman. Har safar o‘zbekchaga tarjima qilish uchun sud materiallari kelsa, tanishishga kirishishdan avval yuragim birrov g‘ijimlab qo‘yadi. “Ishqilib...” deb o‘qishga kirishaman va 99 foiz hollarda gumonim to‘g‘ri bo‘lib chiqadi. Chunki menga kelgan sud materiallarining 99 foizi o‘zbekistonlik ayollar haqida bo‘ladi. Fohishabozlik va qo‘shmachilik bilan shug‘ullanganlaru muttahamlik qilganlarni aytaymi yoki tug‘ib qo‘yib bolasini tashlab ketganlarnimi?.. Ayniqsa “Antaliya” degan so‘z yozilg ... Davomini o'qish »
0
Hozirgi paytda internetsiz kunimizni tasavvur qilish qiyin. Bu tabiiy, bir kun internet ishlatmang, o‘zingizni zamondan orqada qolganday his etasiz. Ayniqsa, yoshlar internetda soatlab o‘yin o‘ynamoqda. Aholi orasida aynan internetdagi totalizator o‘yiniga qiziqish ortayotganini gap-so‘zlardan ham anglash oson.

Totalizator o‘zi nima? U fransuzcha “totalisateur” so‘zidan olingan bo‘lib, hisoblash, yakunlash ma’nolarni birdiradi. Oddiy aytganda, totalizator bu – mo‘maygina pul yutib olish maqsadida bukmeykerlik kompaniyasiga pul tikish deganidir. Ya’ni biror-bir bukmeykerlik kompani ... Davomini o'qish »
0

O‘z otamdan voz kechdim...

Автор: MASSARIкатегория: Turmush chorraxalaridaдата: 03.03.2018
Hali-hamon vijdon azobidaman. Chunki men o‘z otasidan voz kechgan noinsof o‘g‘ilman. Bundan sakkiz yil oldin sakson yoshdan oshgan otamni o‘z qo‘llarim bilan qariyalar uyiga topshirib keldim.

Oilada bir o‘g‘il, bir qizmiz. Otam men bilan yashardi. Otam nafaqaga chiqqunlaricha savdo sohasida ishlagan. Singlim bilan meni hech narsaga zoriqmaganmiz, qiyinchilik ko‘rmay o‘sganmiz. Ota-onam bizga hamma sharoitni muhayyo qilgan ekan-u, ammo…

Men ularni bizga yaxshi tarbiya bermaganlikda ayblamoqchi emasman. Ammo bemehr bo‘lib voyaga yetganimiz aniq. Otam savdo ishlari bilan ... Davomini o'qish »
0

O‘g‘il yoki qiz farzand ko‘rishni istasangiz...

Автор: MASSARIкатегория: Turmush chorraxalaridaдата: 21.02.2018
Mustahkam oila, obod turmush haqida so‘z ketganda, mulohazalarimiz, avvalo, oilaviy baxt tushunchasiga borib taqaladi. Oilaviy baxt esa oilaning xotirjamligi va to‘kisligidadir. Bu jihatlar o‘z navbatida oqilona rejalashtirilgan oilada to‘kis shakllanadi.

Yaxshi niyatlar bilan bunyod etilgan oila sohiblari kelajakda har jihatdan barkamol farzandlarning ota-onalari bo‘lishni istaydilar. Ayrim oilalar ilk farzandlari qiz bo‘lishini, boshqalar esa o‘g‘il bo‘lishini xohlashadi. Biroq, bu istak doim ham ro‘yobga chiqavermaydi. Gohida bir oilada ketma-ket qiz farzand, boshqa bir oilada ... Davomini o'qish »
0

Erning familiyasiga o‘tish

Автор: MASSARIкатегория: Turmush chorraxalaridaдата: 21.02.2018
Savol:
Ayol turmush qurgandan keyin erining familiyasiga o‘tsa bo‘ladimi?

Javob:
Modomiki urfda bu hol kishini tanitish yo‘llaridan biri hisoblansa, xotin erning familiyasini olishi joiz ishdir. Faqat sharti shuki, bu shariatda qaytarilgan nasabni da’vo qilish yo‘li bilan bo‘lmasin. Masalan erning bobosi Ibrohim bo‘lsa, shundan oila Ibrohimov familiyali bo‘lsa, xotin ham men Ibrohim otaning avlodidanman, degan da’voni qilmasin. Ammo shunchaki o‘zini tanitish vositasi o‘laroq, er familiyasiga o‘tishning zarari yo‘q. Bunga quyidagilar dalil bo‘ladi: Qur’oni k ... Davomini o'qish »
0

Yubkani mahkamroq kiying ayollar

Автор: MASSARIкатегория: Turmush chorraxalaridaдата: 21.02.2018
Qizlarmas, xotinlar shim kiygan davr.
Ayollar sochlari yelkaga tushsa?!
Meni o‘ylantirar turfa xavotir,
Yigitlar qiznimas, qiz yigit quchsa.

Milliy liboslardan voz kechgan oni,
Insonlarning qalbi qulfga aylanar.
Ajabmas ertaga kampir ishtoni,
Yigitlar uchun ham urfga aylanar.

Ularni uyg‘oting, surmay xayollar,
Yigitlarni yigit suyishmasidan.
Yubkani mahkamroq kiying ayollar,
Uni ham urf deya kiyishmasidan…
Otabek Isroilov
0
1. Iliq ko‘k choy asal bilan ichilganda miyaga ko‘p foyda beradi.
2. Tishlaringizni toza tuting.

3. Yotishdan oldin sabzi iste’mol qilish sog‘liqqa foyda.
4. Suvni uzoq qaynatish yoki qaynatilgan suvni yana qaynatib choy damlash juda zararli.

5. Jigar xastaligini behi suvi davolaydi. Behi sharbatini kuniga 1-2 kosa ichish tavsiya etiladi.
6. Har qanday kasallikni davolashni oshqozonni qatiq zardobi bilan yuvishdan boshlanadi.

7. Oyog‘ingiz doim toza, quruq, issiq bo‘lsin.
8. Ko‘k choy buyrakni yuvadi, undagi yallig‘lanishni dav ... Davomini o'qish »
0

"Mag‘rur sevgi" qurboni...

Автор: MASSARIкатегория: Turmush chorraxalaridaдата: 16.02.2018
Nihoyat, bugun yonimga keldingiz. «Iltimos, meni kechir, hammasini endi tushundim», degancha ko‘zlarimga mungli termuldingiz. Imkon qadar nigohingiz bilan to‘qnashmaslikka harakat qildim. Chunki ko‘zlarim ko‘zlaringiz bilan uchrashsa, meni o‘zligimdan ayirishi aniq. Ko‘zlaringizdan qo‘rqardim. O‘zimni boshqarolmay so‘zlaringizga chippa-chin ishonib qolishim mumkin edi. Shu bois yerdan ko‘z uzmadim. «Yo‘q, endi birga yasholmaymiz», dedim ohista. Siz esa yon berishni istamadingiz. Qo‘llarimdan tutdingiz. Men esa qo‘llarimni tortib olgancha: «Iltimos, keting, meni o‘z holimga qo‘ying», deya oldim ... Davomini o'qish »
0

Nostandart fikrlang... qiyofangizni o‘zgartiring...

Автор: MASSARIкатегория: Turmush chorraxalaridaдата: 16.02.2018
Yoxud miya uchun ajoyib gimnastika

​Soch oqarishi, yuzga ajinlar tushishi, ko‘z nurining pasayishi... Bularning bari yosh o‘tayotganidan darak.

30-40 yoshdan keyin ko‘pchilik ushbu o‘zgarishlarni kamaytirish uchun harakat qila boshlaydi. Ammo o‘tgan yillar miyada ham o‘ziga xos iz qoldiradi. Nevaralarning ismini adashtirish, aytmoqchi bo‘lgan gapini esdan chiqarish, ziyraklikning pasayishi kabilar shular jumlasidan.

Quyida miyani xuddi yoshlikdagidek ishlashga majbur qiluvchi sodda mashqlar bilan tanishing.

Ijodkorlik va nostandart ... Davomini o'qish »
0

O‘zni kechirmoq baxti...

Автор: MASSARIкатегория: Turmush chorraxalaridaдата: 16.02.2018
Shunday xatolar bo‘ladiki, yillar o‘tsa-da, vijdon so‘rog‘i insonni tinch qo‘ymaydi. Goh uyqusi, goh tabassumini o‘g‘irlaydi.

Hayotining qaysidir pallasida qilgan xatosini kechira olmaydigan kishi o‘sha yukni o‘zi bilan ko‘tarib yuradi. Ruhiy holat tan sihatlik bilan bevosita bog‘liq ekanini hisobga olsak, inson ruhiyatidagi bu o‘zgarishlar uning salomatligiga ham ta’sir etmay qolmaydi.

Aslida har bir insonning hayotiy haqiqati bo‘ladi. U o‘z dunyosidan kelib chiqib, atrofdagilarga va o‘ziga baho beradi. Shu sabab soddaligi, go‘lligi, ojizligi oqibatida xato qilgani y ... Davomini o'qish »
0

Ota qarg‘ishi o‘q ekan...

Автор: MASSARIкатегория: Turmush chorraxalaridaдата: 14.02.2018
Kattalarning aytishlaricha, bolaligimda meni ammamning o‘g‘li Muzaffarga “beshikkerti” qilib qo‘yishgan ekan. Buvim rahmatli ikki farzandining o‘rtasidagi mehr-oqibatni mustahkamlashga erishganidan ich-ichidan quvonib yurardi.

Ammamning eri yaxshi joyda ishlar, oilasini har doim to‘kis qilib qo‘yardi. Dastlab bu udumga norozi bo‘lgan onam ham keyinchalik “O‘ziga to‘q oila, qizim bir umr yaxshi yashaydi”, deb buvimni ma’qullagan ekan. Muzaffar mendan olti yosh katta bo‘lgani uchun institutni tugatgach, ikki yilcha muhandis bo‘lib ishladi. Bu orada men maktabni tugatdim. Oxirgi qo‘n ... Davomini o'qish »
0

Hafta davomida sizni nimalar kutmoqda (12-18 fevral)?

Автор: MASSARIкатегория: Turmush chorraxalaridaдата: 12.02.2018
Hamal
Mazkur haftada juftingiz bilan o‘zaro bir-biringizni tushunish va munosabatlaringizni yanada yaxshilash yo‘llarini izlashingizga to‘g‘ri keladi. Haftaning birinchi yarmida shu ish bilan mashg‘ul bo‘lsangiz ayni muddao. Juftingizni quvontiradigan sovg‘alar xarid qilishingiz yoki kechki taomni ikkalangizga ham yoqadigan restoranda tanovul qilishingiz mumkin. Ishxonada esa omad siz tomonda. Rahbariyatning sizga bo‘lgan ishonchi ortadi.

Savr
Oilangizdagi kattalar bilan munosabatlarda burchakka turadigan vaziyatlar yuz berishi mumkin. Shuning uchun izzatingizni bili ... Davomini o'qish »
0

O‘zingizdan uyalasizmi?

Автор: MASSARIкатегория: Turmush chorraxalaridaдата: 11.02.2018
Uyat hissi... Bu g‘oyatda noyob tuyg‘u. Agar u bu qadar kamyob bo‘lmaganida nima bo‘lardi? Olam guliston bo‘lardi! Misol uchun, Vatan haqida she’r yasab o‘tirgan shoir qog‘ozdagi tizmalariga qarab qizarib ketardi. Soxta satrlari qoshida xijolat bo‘lardi. Vatan haqida shunchaki yozib bo‘lmasligini, bu so‘zning zalvorini har qanday yelka ham ko‘tarolmasligini his qilardi. Bu muborak kalom qarshisidagi mas’uliyatdan qo‘rqib, yozuv stolidagi nimarsalarini g‘ijimlardi-da, burchakka uloqtirardi. Ertasi kuni esa “Tanlanma” to‘plamingizda Vatan haqida she’r yo‘q ekan, yozib keling”, degan noshirdan qo ... Davomini o'qish »
0

Yaxshi odamlar

Автор: MASSARIкатегория: Turmush chorraxalaridaдата: 09.02.2018
Ko‘p odamlardan qarzdorman.
U qarzlarni sira ham uza olmasam kerak.
Kitobni Mardon O‘g‘uzga bag‘ishladim. Nega? Ishonsangiz, bu bola bilan umrimda uchrashmaganman.
Bekorchiga o‘xshab feysbukda o‘tiradi. Qachon qarama, shu yerda. Yo internet tekin va cheksiz. Yoki bekorchi. Shu bola feysbukda “Yaxshi odamlar” degan bir guruh ochdi. Maqsadi – odamlarni yaxshilikka chorlash. Siz bu guruhga a’zo bo‘lasiz va hayotingizda kimdan va qanday yaxshilik ko‘rgan bo‘lsangiz, shuni yozib qoldirasiz. Keyin uni o‘qib qolganlar yaxshilikni tushunadi va o‘zi ham yaxshi odam bo‘lgisi kep qol ... Davomini o'qish »
0
Hayotidan noligan odamni yoqtirmayman. Ayniqsa, duch kelgan kishiga obidiyda qilishdan xunukroq ish bo‘lmasa kerak. Bejizga xalqimiz «Birni ko‘rib shukur qil, birni ko‘rib fikr qil», demaydi. Ammo negadir keyingi paytda noliydiganlar ko‘payib qoldi. Kim biladi, bunaqalar ilgari ham kam bo‘lmagandir, e’tibor bermagandirmiz ehtimol.

So‘nggi paytda ayrim noxushlik­lar ham yuzaga qalqib chiqayotgandek tuyulyapti negadir. Masalan, kollejlarda bir-biriga pichoq o‘qtaladigan, ko‘plashib bir kishini do‘pposlaydigan yoshlar, xotinining qotiliga aylangan erlar, qaynonasining joniga qasd qil ... Davomini o'qish »
0
Ayollarni qo‘llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash kompleks chora-tadbirlari dasturida nikohni qayd qilish va bekor qilish qoidalarini kiritish ko‘zda tutilgan.

Endilikda nikohdan o‘tmoqchi bo‘lgan shaxslar maxsus ta’lim dasturi bo‘yicha oilaviy hayot majburiy o‘quv kurslarida o‘qishlari kerak bo‘ladi. Ushbu dastur chet el tajribasini hisobga olgan holda ishlab chiqilishi aytilmoqda.

Shuningdek, nikohdan o‘tmoqchi bo‘lganlarning sog‘lig‘i to‘g‘risida ataydan noto‘g‘ri ma’lumotlar beradigan rahbarlar va tibbiyot muassasalari xodimlari uchun javobgarlikni ku ... Davomini o'qish »
« 1 2 3 4 5 »