Регистрация
Меню сайта
Статистика

Онлайн всего: 185
Гостей: 185
Пользователей: 0
0

Ulugʻbek Rahmatullayev: “Hech kim Sardorni menchalik bilmaydi…”

Автор: MASSARIкатегория: Shou-Biznes yangiliklariдата: 19.03.2019
Yaqinda internet saytlaridan biri Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Ulugʻbek Rahmatullayev bilan intervyu uyushtirdi. Unla jurnalistning “Sanʼatga endigina qadam qoʻygan paytingizda Sardor bilan birga ishlagansizlar. Uning sanʼatdan ketishiga qanday qaraysiz?” degan savoliga Ulugʻbek Rahmatullayev quyidagicha javob berdi.

– Sardor radioda faoliyat yuritib yurgan paytda yoniga koʻp borganman. Oʻsha payti radioda Sardor birinchi raqamli boshlovchilardan edi. Qoʻshiqlarimni ommalashtirib, radioda aylantirib berardi. Gohida u menga qoʻshiqchilikka rosa qiziqishini aytib, oʻzi yozgan qoʻshiqlarini eshittirgan.

Bir kuni u menga telefon qilib, radiodan ketdim, dedi. Xayron boʻlib qoldim. Mashhur radioboshlovchi darajasiga chiqish oson emas. Navroʻz radiosida eng koʻp xat Sardorga kelardi.Buning uchun qancha ter toʻkish lozim. Shu darajaga erishgandan soʻng undan voz kechish… Endi nima qilasan, degandim qoʻshiqchilikni rivojlantiraman, shu yoʻlda oʻzimni sinab koʻraman, dedi.

Mana, bir sanʼatkor orzu qilgan natijaga erishdi – xit qoʻshiqlar, gastrollar, obroʻ-eʼtibor. Endi esa sanʼatdan ham ketishga qaror qildi. Bu qarorini hurmat qilish lozim.

Теги: Sardor Rahimxon, Intervyu, Ulug'bek Rahmatullayev

Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь.
Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо войти на сайт под своим именем.
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]