Olov-Olov turk serial

Музыка по альфавиту: A | B | C | D | E | F | G | H | I | J | K | L | M | N | O | P | Q | R | S | T | U | V | X | Y | Z | 0-9

0

Ummon guruhi - Beg'uborim yo'q (tekst, qo'shiq matni)

Автор: MASSARIкатегория: Qo'shiqlar matniдата: 20.01.2021
ZOHID:
Yo'q, mehribonim yo'q,
Gul bahorim yo'q.
Topolmasligim bilib
Og'riydi yuragim!
Beg'uborim yo'q,
Dil oromim yo'q.
Topolmasligim bilib,
Og'riydi yuragim!

SHOXRUX:
Sani sog'inib bugun hammadan ko'proq,
Hamma yaqinlarim yonimda faqat san yo'q.
Sansiz ko'nglimga sig'maydi hech qanday bayram.
Baxt bizni tark etdi, yomon qilar alam.
Tanam bo'ysungani bilan
Ichimdagi hislarimni boshqara olmayapman.
Olib bo'lmayapti dam,
Tushlarimdasan, tursam ham o'zing, faqat yo'qliging,
Qalbim og'rib ochiladi ko'zlarim.

JASUR:
Dilimda qolib ketdi qancha aytar so'zlarim.
Go'zalim sani sog'indim yomon,
Yog'ayotgan yomg'irlar deydilar bari tamom.
Yo'q yolg'on ishonolmayman sani yo'qotganimga.
Ketding qaytmas bo'lib bir umrga,
To'rt devor orasida qolib ketdim yolg'iz,
Qaylarga uchib ketding aytgin mansiz!

ZOHID:
Yo'q, mehribonim yo'q,
Gul bahorim yo'q.
Topolmasligim bilib
Og'riydi yuragim!
Beg'uborim yo'q,
Dil oromim yo'q.
Topolmasligim bilib,
Og'riydi yuragim!

JASUR:
Kuzgi yomg'ir yog'ardi shivirlab,
Baqirdim bor ovoz bilan
Tomog'imdagi tomirlarim titrab.
Nolalarim yetib bormadimi san taraf,
Sog'indingmi mani hech bo'lmasa ayt pichirlab,
Pichirlab ertalabgacha gaplashishlarimiz esimdan ketmasdi.
To'g'ri uxlab qolar eding jim-jit,
Faqat eshitilardi olayotganing nafas,
Hozir esa shu ham eshitilmas.

SHOXRUX:
Bo'ldi endi tamom bo'ldi
Sani ko'zlaringga tik qarash.
Armon bo'ldi, tamom bo'ldi,
Terim ortidagi go'sht, bo'm-bo'sh
Ko'chalarda yurib izladim nafis iforing,
Ko'rish istagida diydoring.
Sog'indim sani ishon tikondek
Botar yuragimga nimadur,
Gavharsan, kuysan, dursan,
Dunyodagi eng mehribon insonsan.
Man uchun...

ZOHID:
Sog'indim mehringni,
Mehribonim seni.
Faqat seni...
Sog'indim, sog'indim,
Ko'zlaring, yuzlaring
Faqat seni...

Yo'q, mehribonim yo'q,
Gul bahorim yo'q.
Topolmasligim bilib
Og'riydi yuragim!
Beg'uborim yo'q,
Dil oromim yo'q.
Topolmasligim bilib,
Og'riydi yuragim!

Теги: Ummon, Beg'uborim Yo'q

Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь.
Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо войти на сайт под своим именем.
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]