наверх
Главная » Новости » Kino va Serial yangiliklari
10:47
“Uyda yolg‘iz” filmida muxlislarni ranjitgan “aldov” qo‘llangani ma’lum qilindi

Amerikalik aktyor va ssenariynavis Set Rogen “Uyda yolg‘iz” filmidagi pitssa yetkazib beruvchi ishtirokidagi va boshqa bir qator sahnalarda aldov qo‘llanganini ma’lum qildi. Filmning ilk ikki qismida bosh qahramon Kevin Makkallister aslida mavjud bo‘lmagan “Jirkanch qalb farishtalar” filmidan parchani tomosha qiladi.

Ta’kidlanishicha, xayoliy filmdagi bir qator epizodlar “Uyda yolg‘iz” uchun ataylab suratga olingan.

Rogenning aytishicha, 1938 yilda suratga olingan” Jirkanch yuz farishtalar” filmi mavjud bo‘lib, “Jirkanch qalb farishtalar”dagi epizodlar ushbu filmga ishora sifatida yaratilgan.

Rogenning bu bayonoti “Uyda yolg‘iz”ning ko‘plab muxlislarini ranjitdi, chunki ular “Jirkanch qalb farishtalar”ning haqiqatda mavjudligiga ishonishgan. Undagi ko‘plab iboralar ommalashib ketgan.
Manba: zamin.uz   

Do'stlaringizga ulashing / Поделиться:
Категория: Kino va Serial yangiliklari | Просмотров: 2396 | Добавил: MASSARI | Теги: uyda yolg'iz | Рейтинг: 0.0/0
Похожие Новости
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]