Регистрация
Меню сайта
Статистика

Онлайн всего: 400
Гостей: 400
Пользователей: 0
0

Uzbekistan Airways Jiddaga parvozlarni ko‘paytirdi

Автор: VerSignкатегория: O'zbekiston yangiliklariдата: 20.04.2019
O‘zA Uzbekistan Airways Toshkent—Jidda yo‘nalishidagi aviaqatnovlar sonini haqiqatan ham haftasiga 6 kunga ko‘paytirmoqchimi? degan savol bilan aviakompaniya mas’ullariga murojaat qildi. Kompaniya matbuot xizmati mazkur xabarni inkor etmagan holda, joriy yilning 1-aprelidan haftaning har kuni parvoz amalga oshirilishini ma’lum qildi.

Xo‘sh, Toshkent—Jidda yo‘nalishida qatnovlarning oshirilishidan Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi qay darajada manfaatdor?

Qo‘mitaning ziyorat va arxeologik turizmni rivojlantirish sektori bosh mutaxassisi Saidkomil Xolxo‘jayev bu savolga shunday javob berdi.

– Yurtimizda sayyohlikni rivojlantirish nafaqat bizni tashkilotimiz yoki mehmonxonalar, balki shu soha vakillarining hamkorligiga bog‘liq, jumladan aviakompaniyaga ham, – deydi Saidkomil Xolxo‘jayev. – Bu borada ko‘plab o‘zgarishlar bo‘lmoqda. Misol uchun, UzAirways Toshkent—Jidda—Toshkent yo‘nalishini yo‘lga qo‘ydi. Ayni vaqtda uni haftasiga olti martaga yetkazish chorasi ko‘rilmoqda. Bu nimaga kerak? Birinchidan, mahalliy aholining Umra safarini qulayroq amalga oshirishida qo‘l keladi. Ikkinchidan, har bir mamlakat fuqarosi Arabistonga ziyoratga borguncha yoki qaytishda yo‘l-yo‘lakay boshqa, o‘ziga qiziq davlatlarga sayohat qilishni istaydi. Misol uchun, o‘tgan yili Indoneziyadan qariyb bir million nafar musulmon Hajga borgan bo‘lsa, uning yuz ming nafari Turkiya orqali safar qilgan. Bunday yo‘nalishlar sayyohlarga vaqtni va mablag‘ni tejash imkonini beradi. Ayni vaqtda bizda ham bir qator rejalar bor. Toshkent—Jidda, Kuala-Lumpur keyinchalik, qo‘shni davlatlar – Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Rossiyadan Haj yoki Umra ziyoratiga ketayotgan sayyohlarni Samarqand yoki Buxoroda 4-5 kun sayohatga olib qolish rejasi bor.

Eslatib o‘tamiz, aviakompaniya o‘tgan yil 28-oktabrdan Toshkent—Jidda yo‘nalishida aviareyslar sonini haftasiga ikki martaga yetkazgan edi. Ziyorat turizmi bo‘yicha sayyohlar sonini ko‘paytirish uchun u Kuala-Lumpur—Toshkent reysiga ulangan. Reyslar seshanba va yakshanba kunlari amalga oshirilmoqda. Bundan oldin esa aviakompaniya Jiddaga parvozlarni “Haj” dasturi doirasida faqat charter asosida bajarar edi.

Теги: Uzbekistan Airways Jiddaga parvozla

Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь.
Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо войти на сайт под своим именем.
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]