Olov-Olov turk serial

Музыка по альфавиту: A | B | C | D | E | F | G | H | I | J | K | L | M | N | O | P | Q | R | S | T | U | V | X | Y | Z | 0-9

0

Vadim Abramov O‘zbekiston terma jamoasidagi almashtirib bo‘lmas futbolchi kimligini aytdi

Автор: MASSARIкатегория: Sport yangiliklariдата: 24.01.2021
«Bunyodkor» klubi va O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Vadim Abramov «Futbol Plyus» radio eshittirishida terma jamoa safidagi almashtirib bo‘lmas o‘yinchi haqida gapirdi.

- "Almashtirib bo‘lmas o‘yinchi? Shunday desa ham bo‘ladi, boshqa tomondan aytadigan bo‘lsak, jamoaga har doim yetakchi kerak. Yetakchisi bor jamoa bu — yaxshi jamoa. O‘ylashimcha, Odil Ahmedov yetakchi sifatida jamoaga kerak. Ayrim vaqtlarda u hatto qanday holatda bo‘lishidan qat’i nazar, biz uchun kerakli o‘yinchi. Uning maydonda bo‘lishi yosh o‘yinchilarni ruhlantiradi va ularning holati odatdagidan butkul boshqacha bo‘ladi.

Odil kiyinish xonasi yoki zaxira o‘rindig‘ida u qadar muhim demagan bo‘lardim, biroq maydonda bo‘lishi juda muhim. Kiyinish xonasida yetarlicha odam bor va u yerda hech qanday muammo yo‘q. U yerda meni borligim yetarli. U maydonda o‘zining tajribasi orqali futbolchilarni tinchlantira oladi", - deydi O‘zbekiston terma jamoasi bor murabbiyi Vadim Abramov.

Odil Ahmedov ayni vaqtda Xitoyning «Tyanszin Teda» jamoasida to‘p surmoqda. U O‘zbekiston terma jamoasi safida 105 ta o‘yin o‘tkazib, 20 ta golga mualliflik qilgan.

Теги: Vadim Abramov, odil ahmedov

Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь.
Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо войти на сайт под своим именем.
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]