Музыка по альфавиту: A | B | C | D | E | F | G | H | I | J | K | L | M | N | O | P | Q | R | S | T | U | V | X | Y | Z | 0-9

0

Vazir: Xorij seriallarini beruxsat namoyish etish katta muammo keltirib chiqarishi mumkin

Автор: MASSARIкатегория: Shou-Biznes yangiliklariдата: 27.02.2020
Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov jurnalistlar bilan bo‘lgan uchrashuv vaqtida mualliflik huquqi haqidagi savolga javob berdi. Bu haqda Xabar.uz nashri ma’lum qildi.

«Hech kimdan so‘ramay efirga berilayotgan seriallarning javobini kim beradi. Davlat kanallari qanchadan-qancha xorij seriallarini yillab namoyish etgan. Yoki kinolarni ayting. Agar o‘sha xorijiy kompaniyalar sudga bersa davlat qancha pul to‘lashga majbur bo‘lishini kimdir o‘ylayaptimi?

Mayli, agar o‘zimizdagi biror xonandaning qo‘shig‘ini beruxsat qo‘yib yuborishsa va u sudga bersa, kelishib ketsa bo‘ladi. Uyiga birorta chopon ko‘tarib borib, kelishib olish mumkin. Ammo xorijiy kompaniyalar bilan bunday qilib bo‘lmaydi.

Hozir xorijdan film yoki serial sotib olishga qurbi yetadiganlar yo‘q. Ammo namoyishlar hamon davom etyapti. Bu muammoning ildizi juda chuqur. Hozircha bu masala tartibga solingani yo‘q. Ammo tegishli idoralar tomonidan mualliflik huquqi mavzusiga qiziqish bildirilmoqda»
, — deydi Ozodbek Nazarbekov.

Теги: Ozodbek Nazarbekov, Madaniyat Vaziri, Xorijiy Seriallar

Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь.
Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо войти на сайт под своим именем.
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]