наверх
Главная » Новости » Dunyo yangiliklari
21:51
Vladimirda qo‘lga olingan haydovchi: “Avtobus yo‘lovchilarining ko‘pchiligi sarxush edi...”

Moskvaning Meshan sudi 6 oktyabr kuni Vladimir viloyatidagi Pokrov stansiyasida poyezd bilan to‘qnashib ketgan avtobus haydovchisini qo‘lga oldi. Yirik YTH natijasida 17 kishi vafot etgan edi.

TASS xabariga ko‘ra, Moskvaning Meshchansk sudi tergovchining Nurgali Sarmanovni qamoqqa olish haqidagi talabini qoniqtirgan.

Sud Nurgali Sarmanovni 6 dekabrga qadar nazorat ostida ushlab turishga qaror chiqargan.

Haydovchining sudga guvohlik berishicha, yo‘lovchilar poyezd bilan to‘qnashgunga qadar qo‘llari bilan temir yo‘l ustida o‘chib qolgan avtobusni joyidan siljitmoqchi bo‘lishgan.

Shlagbaum yopilgach, haydovchilar yo‘lovchilarni avtobusni tark etishga chaqira boshlashgan. Biroq ularning ko‘pchiligi uyquda va alkogol ta’sirida bo‘lganligi tufayli bu xatti-harakat tezda amalga oshmagani haydovchi tomonidan ta’kidlanmoqda.

Bundan tashqari, voqea joyidan qochgan, so‘ng qo‘lga olingan haydovchi Nurgali Sarmanov avtobus yo‘lga chiqishdan oldin soz bo‘lganini qo‘shimcha qilib o‘tdi.

Ma’lumot uchun, 6 oktyabr kuni Moskva vaqti bilan soat 03:39da Rossiya Federatsiyasi, Vladimir viloyatining Petushin tumanidagi Pokrov temir yo‘l stansiyasida poyezd va avtobus to‘qnashuvi sodir bo‘lgani hamda YTH natijasida 15 nafar (rasmiy xabar) O‘zbekiston fuqarolari vafot etganligi aniqlangan edi.

Jabrlanganlarning har biriga “Rossiya temir yo‘llari” OAJ hisobidan 5 ming rubldan tovon puli to‘langan.

8 oktyabr kuni O‘zbekiston Harbiy havo kuchlarining maxsus bortida jabrlanganlar hamda vafot etganlarning jasadini Termiz, Toshkent, Andijon va Buxoro shaharlariga yetkazish ishlari amalga oshirildi. Sirdaryo va Samarqand viloyatidan bo‘lgan jabrlanuvchilar O‘zbekiston Respublikasi FVV avtomobil transportlarida Toshkent shahridan o‘z uylariga olib borildi.

Manba: Qalampir.uz

Do'stlaringizga ulashing / Поделиться:
Категория: Dunyo yangiliklari | Просмотров: 1054 | Добавил: KenjaMedia | Рейтинг: 0.0/0
Похожие Новости
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]