наверх
Главная » Новости » XXI tehnologiyasi
21:14
WhatsApp’dagi guruh chatlari ishtirokchilari xavf ostida qoldi

Mutaxassislar WhatsApp messenjeridagi guruh chatlarida saqlangan shaxsiy ma’lumotlar xavf ostidaligini aniqladi, negaki har qanday foydalanuvchi bu ma’lumotlarni, shuningdek, guruhda keltirilgan telefon raqamlarini, surat va videolarni to‘plab, saqlab qo‘yishi mumkin. Bu haqda Venture Beat xabar bermoqda.

Tadqiqotni Lozannadagi Federal politexnika maktabi vakili Kiran Garimella hamda Londondagi qirolicha Mariya universiteti tadqiqotchisi Garet Tayson o‘tkazdi. Mutaxassislar yarim yil davomida 178 guruh chati haqida ma’lumot to‘plab bordi. Bu chatlar veb-qidiruv yordamida aniqlandi.

Jami 46 ming foydalanuvchi yuborgan yarim million xabar tahlildan o‘tkazildi.

Tadqiqotchilar WhatsApp o‘rnatilgan smartfon yordamida hindistonlik olimlar taklif etgan metodika bo‘yicha ish olib bordi. Chatlardan olingan barcha ma’lumot uskunadagi lokal bazada saqlanadi. Ular bu massivni chiqarib olishga erishdi.

Tadqiqotda ta’kidlanishicha, axborotni faqat chatga kirgandan so‘ng olish mumkin bo‘ladi, oldinroq yuborilgan xabarlarni esa ko‘rib bo‘lmaydi.
Manba: daryo.uz   

Do'stlaringizga ulashing / Поделиться:
Категория: XXI tehnologiyasi | Просмотров: 303 | Добавил: VerSign | Теги: chatlari, guruh, WhatsApp | Рейтинг: 0.0/0
Похожие Новости
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]