наверх
Главная » Новости » Sport yangiliklari
20:38
Xabib Nurmagomedov Yakvintani qay tarzda mag‘lub etdi?

Avvalroq aralash qoidalar jangchisi Xabib Nurmagomedov UFC chempioniga aylangani haqida xabar berilgan edi. Ma’lumot uchun Bruklinda o‘tgan titul jangida u amerikalik El Yakvintaga qarshi ringga chiqib, hakamlar qaroriga ko‘ra g‘olib bo‘ldi.

Dastlabki ikki raundda Nurmagomedov stixiyali uslubni qo‘llab, raqibidan ustun keldi. Uchinchi raund esa teng kurashlar ostida o‘tdi. To‘rtinchi raund esa hal qiluvchisi bo‘ldi. Aniq zarbalar borasida Xabib raqibidan 42-8 hisobida ustun keldi. Beshinchi raund ham Nurmagomedov ustunligida o‘tdi, zarbalar bo‘yicha yakuniy hisob — 179-25.

Hakamlar bir ovozdan Nurmagomedovni g‘olib deb e’lon qildi (50-44, 50-43, 50-43). Shu tariqa Xabib UFC chempioni bo‘lgan ilk rossiyalik shaxsga aylandi.

Bu Nurmagomedovning 26 jangidagi 26-g‘alabasi bo‘ldi. Yakvinta esa faoliyatidagi 4-mag‘lubiyatni qabul qildi.

Quyida Xabibni chempionga aylantirgan jang videosini tomosha qilishingiz mumkin.
Manba: daryo.uz   

Do'stlaringizga ulashing / Поделиться:
Категория: Sport yangiliklari | Просмотров: 268 | Добавил: VerSign | Теги: Xabib Nurmagomedov Yakvintani qay t | Рейтинг: 0.0/0
Похожие Новости
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]