Olov-Olov turk serial

Музыка по альфавиту: A | B | C | D | E | F | G | H | I | J | K | L | M | N | O | P | Q | R | S | T | U | V | X | Y | Z | 0-9

1

Xamdam (Mango) - Onam qani (Qo'shiq matni, tekst)

Автор: MASSARIкатегория: Qo'shiqlar matniдата: 20.01.2021
Onam desa ko'zimda yosh aylanar,
Alam bilan bo'g'zimga tosh boylanar.
Yomg'ir bo'lib, kuylamoqqa shaylanar,
Onam qani, yupatuvchi onam qani?

Ko'xna dunyo seni ona tug'madimi?
Onasizlik bo'g'zingdan yo bo'g'madimi?
Keng bag'ringga bitta onam sig'madimi?
Onam qani yupatuvchi onam qani?

Yolg'onchi dunyo ekan onam,
Yaxshilarga joy yo'q onam,
O'rningiz jannatlarda onam,
Mehribonim jon onam, onam!
Yolg'onchi dunyo ekan onam,
Sizni juda sog'indim onam,
Yo'qligingiz menga qilar alam,
Beozorim onam onam...

Tushlarimga bir borgina kiring onam,
Uyga qachon kelasan deb urushing onam.
Sizsiz endi bu keng dunyo zulmat xona,
Dunyolarim yorituvchi onam qani?

Yolg'onchi dunyo ekan onam,
Yaxshilarga joy yo'q onam,
O'rningiz jannatlarda onam,
Mehribonim jon onam, onam!
Yolg'onchi dunyo ekan onam,
Sizni juda sog'indim onam,
Yo'qligingiz menga qilar alam,
Beozorim onam onam...

Onam desa ko'zimda yosh aylanar,
Alam bilan bo'g'zimga tosh boylanar.
Yomg'ir bo'lib, kuylamoqqa shaylanar,
Onam qani, yupatuvchi onam qani?
Onam qani, yupatuvchi onam qani?

Теги: Mango, onam qani, Xamdam

Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь.
Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо войти на сайт под своим именем.
Всего комментариев: 1
0
1 Abdurahmon   (28.09.2017 13:12) [Material]
Ajoyib sad

Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]