Регистрация
Меню сайта
Статистика

Онлайн всего: 185
Гостей: 185
Пользователей: 0
0

Xitoyda “Mars qishlog‘i” ochildi

Автор: VerSignкатегория: Dunyo yangiliklariдата: 19.03.2019
Xitoyning Sinxay provinsiyasining shimoli-g‘arbiy qismida Marsdagi sharoit taqlid qilingan dastlabki baza ochildi, deb xabar berdi “Tengrinews”.

Uning o‘ziga xos jihatlaridan biri shundaki, undan olimlar ham, oddiy sayyohlar ham foydalanishi mumkin.

“Mars qishlog‘i” maydoni 32 gektar bo‘lib, Xaysi—Mo‘g‘ul—Tibet avtonom okrugidagi Lenxu aholi punktidan 60 kilometr uzoqlikda joylashgan. Uning hududining aksariyat qismini o‘simliklarsiz cho‘l tashkil etadi. Bu yerda turmush sharoiti juda og‘ir bo‘lib, sayyohlar o‘zlarini Yerda emas, Marsda ekanligini his qilishi uchun juda mos keladi.

Baza ikki qismdan: “Marsga ko‘nish” va marslik turistlar yashashi uchun tashqi dunyodan butunlay ajratib qo‘yilgan lagerdan iborat. Lager turli modullardan iborat bo‘lib, unda o‘z tajribasi asosida Marsda yashash qanday bo‘lishini bilmoqchi bo‘lgan 160 nafargacha odam joylashishi mumkin.

Mahalliy hukumat 2017-yildayoq “Мars qishlog‘i” yaratishni taklif qilgan. Ularning g‘oyasiga ko‘ra, u kosmosni sevuvchilar uchun mashhur o‘quv-madaniyat markazi bo‘lishi rejalashtirilgan.

Qiymati 150 million yuan (taxminan 22,5 million dollar) bo‘lgan loyihani amalga oshirish 2018-yilning yozidan boshlangan.

Теги: MARS, Xitoy

Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь.
Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо войти на сайт под своим именем.
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]