Музыка по альфавиту: A | B | C | D | E | F | G | H | I | J | K | L | M | N | O | P | Q | R | S | T | U | V | X | Y | Z | 0-9


UYDA QOLING! | STAY HOME! | ОСТАВАЙТЕСЬ ДОМА!
0

Xollar - inson xarakteridagi xususiyatlar haqida so‘zlaydi...

Автор: MASSARIкатегория: Qiziqarli faktlarдата: 02.04.2020
Xollar istarani issiq qilib turadigan, ayol chiroyini ochadigan vositadir. Quyida xollar joylashgan o‘rniga qarab inson xarakteridagi xususiyatlar sanab o‘tilgan. Siz ham buning qanchalik to‘g‘ri ekanligini o‘zingizda sinab ko‘ring!

1. Xuddi shu yerda bo‘lgan xolga “uchinchi ko‘z” sifatida qaraladi. Kimningki ikki qoshi o‘rtasida xoli bo‘lsa, u aqlli, bilimga chanqoq, dunyoqarashi keng insondir.

2. Ehtiroslarga beriluvchan, rashk qiladigan, ta’sirchan odam.

3. Shoirtabiat, aqliy idrok bilan bog‘liq kasblarga moyilligi bor.

4. Bu yerdagi xol o‘z sohibasining teran muhabbat egasi va vafodor yor ekanidan dalolat beradi. Shuningdek, u sezgir va saxiydir.

5. Beqaror, xayol va fikrlari chalkash, shuning uchun o‘zining qaysi temperament (mijoz)ga mansub ekanini bilolmay garang, ishqiy munosabatlari qisqa davom etadi.

6. Sayru sayohatlarga o‘ch, xayolot va ijod kishisi.

7. O‘rinsiz rashk qilaveradi, fe’l-atvorida xudbinlik, manmanlik, o‘zim bo‘lay degan fikr kuchli.

8. Sezgilari o‘ta yuksak darajada rivojlangan. Afsuski, turmushi nuqul tashvishlardan iborat.

9. Muhabbat bobida asossiz nizolar keltirib chiqarishga “moyil”ligi bor ayol.

10. Kuchli xotira egasi, juda qiziquvchan ayol.

11. Ishqiy munosabatlarni va barcha ta’qiqlarni xush ko‘radigan ayol.

12. Hissiyotlarga keragidan ortiq darajada berilib ketadi.

13. Tez-tez janjal ko‘taradi va yana tezda yarashib oladi. Bir nimaga erishish istagini ma’naviyatdan ustun qo‘yadi.

14. Tasavvuf ilmlarini o‘zlashtirishga moyil, ilohiy muhabbatga talpinadigan, bunday kishilarning taqdiri boshqalarnikidan farqlanadi.

15. Mustaqil, huzur-halovat va sayohatlarni sevadigan ayollar.

16. Onalik tuyg‘usi juda yuksak darajada rivojlangan, saxiy va halol, sofdil ayollar.

17. Birovlarni ortidan ergashtira oladigan, g‘ayritabiiy harakatlari bilan atrofidagilarni taajjubga soladigan, nizoli voqealarga qiziqadigan ayol. Hayotida rang-baranglikni xush ko‘rsa-da, lekin oilaviy hayotga juda jiddiy qaraydi.

18. Sezgirligi boshqa barcha xususiyatlaridan ustun kelgan. Xayolotga beriluvchan, topqir va o‘ziga xos tabiat egasi.

19. Rashkchi, yagona va buyuk muhabbatini topishga intiladi.

20. Murakkab fe’l-atvorli, hamma munosabatlarda turg‘unlikka mayl sezadigan ayol.

21. Tavakkal qilishga moyil bo‘lgani uchun aqliy faoliyatda ham, boshqa sohalarda ham munosabatlari nuqul chalkashliklardan iborat.

22. Ehtirosli hissiyotlar egasi, jozibador ayollar.

23. Tiniq aql sohibi, tartibni va sarishtalikni o‘rniga qo‘yadi. Ma’naviy yuksalishi qancha yuqori bo‘lsa, moddiyatga, haqiqiy real hayotga bo‘lgan qiziqishi undan kam emas.

24. Nozik ruhiyat egasi, ko‘pincha o‘zini himoyasiz his qiladi.

25. An’anaviy, oddiy oilaviy turmush kechirish tarafdori. Jamiyatga moslashuvchan, yoqimtoy. Osoyishta hayot kechirish uchun tirishadi va hamma narsaga yuqoridan turib nazar tashlaydi.

Теги: xol, inson harakteri, Xollar

Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь.
Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо войти на сайт под своим именем.
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]