наверх
Главная » Новости » O'zbekiston yangiliklari
19:36
Xorazmda ikki nafar “valyutachi ayollar” qo‘lga tushdi

Bugungi kunda valyuta ayriboshlash masalasida islohotlar natijasida tijorat banklari orqali xorijiy valyutani ayirboshlash erkin yo‘lga qo‘yilgan bo‘lsada, turli guruhlar tomonidan noqonuniy valyuta ayirboshlash ishlari amalga oshirilmoqda. Bunga asosiy sabab —xorijiy valyutani naqd shaklda sotib olishga ruxsat berilmayotganida, degan fikrlar mavjud. O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati Xorazm viloyati boshqarmasi tomonidan Bosh Prokuratura xuzuridagi departamentning viloyat boshqarmasi hamda Ichki Ishlar boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda noqonuniy valyuta ayirboshlashning oldi olindi. Xiva tumanida istiqomat qiluvchi fuqarolar 63 yoshli Shukurjon Jumaniyozova va 49 yoshli Manzura Bozorovalar mijoz bilan o‘zaro kelishib, 7 ming AQSh dollarini 8150 so‘mdan sotishmoqchi bo‘lishgan. Ular mijozdan 57 million 50 ming so‘m olishib, kelishilgan summadan 5090 AQSh dollarini unga berib, qolgan qismini shu yaqin orada berishga kelishgan vaqtda qo‘lga olindilar. Ushbu holat bo‘yicha Bosh Prokuratura xuzuridagi departamentning Xorazm viloyati boshqarmasi tomonidan fuqarolar Shukurjon Jumaniyozova va Manzura Bozorovalarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 177-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Do'stlaringizga ulashing / Поделиться:
Категория: O'zbekiston yangiliklari | Просмотров: 540 | Добавил: KenjaMedia | Теги: valyutachi, xorazm, ayollar | Рейтинг: 0.0/0
Похожие Новости
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]