Olov-Olov turk serial

Музыка по альфавиту: A | B | C | D | E | F | G | H | I | J | K | L | M | N | O | P | Q | R | S | T | U | V | X | Y | Z | 0-9

0

Xushnudbek Xudoyberdiyev: "O‘FAning bugungi bayonoti bo‘yicha ayrim savollar bor"

Автор: MASSARIкатегория: Sport yangiliklariдата: 20.01.2021
Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevda O‘FA bugun bergan bayonoti bo‘yicha bir qator savollar paydo bo‘ldi.

Birinchidan, agar hakamlarning korrupsion holatlarga aralashgani rost bo‘lsa, unda ularga nisbatan jinoiy ish ochildimi?
Bu haqda O‘FA tegishli tergov organlarini ogohlantirdimi?

Axir korrupsiya kichkina jinoyat emas, “biz o‘zimiz qulog‘ini tortib qo‘yamiz” deydigan.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi bu bo‘yicha biror bayonot beradimi?

Ikkinchidan, agar o‘sha hakamlar o‘yin natijasiga ta’sir qiladigan qarorlar chiqarish uchun kelishgani isbotlangan bo‘lsa, unda o‘sha hakam bilan kelishib, “soqqasini bergan” futbol klubi mas’ullariga javobgarlik yo‘qmi?

O‘sha o‘yin natijalari bekor qilinib, hakamni o‘ziga og‘dirgan jamoaga mag‘lubiyat yozilmaydimi?
Kelishilgan o‘yinlar natijasi bekor qilinishi ortidan turnir jadvallariga o‘zgarish kiritilmaydimi?

Xuddi Italiyadagi kabi kelishilgan o‘yinlarga aralashgan futbol jamoalarining o‘zi jazolanmaydimi? 2006/2007 yilgi mavsumda Italiya futbolining eng yirik vakillaridan biri bo‘lgan “Yuventus” jamoasi kelishilgan o‘yinlarga aralashgani uchun “B” seriyaga tushirib yuborilgan edi. Bizdachi? Bizda kuchimiz faqat hakamlarga yetadiyu, klublarga kelganda jazolashning o‘zbekona metodi bo‘ladimi?
- Yoki hakamning pora olgani anig‘u, lekin kimdan olganini aniqlab bo‘lmay qoldimi?

Shu savollarga kimdir javob bersa, xursand bo‘lardik, - deb yozadi Xushundbek Xudoyberdiyev telegramdagi o‘z kanalida.

Теги: O'FA, Korrupsiya, Xushnudbek Xudoyberganov, Kelishilgan o'yin

Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь.
Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо войти на сайт под своим именем.
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]