Музыка по альфавиту: A | B | C | D | E | F | G | H | I | J | K | L | M | N | O | P | Q | R | S | T | U | V | X | Y | Z | 0-9

0

XXI asrning eng yaxshi videoo‘yinlari aniqlandi

Автор: MASSARIкатегория: XXI tehnologiyasiдата: 14.10.2019
Britaniyaning «The Guardian» nashri XXI asrning eng yaxshi videoo‘yinlari ro‘yxatini tuzdi. «REGNUM» yozishicha, ro‘yxatga 2000 yildan beri chiqqan o‘yinlar saralab olingan.

«Qumsoat» janridagi «Minecraft» XXI asrning eng yaxshi kompyuter o‘yini deb topildi. Uning birinchi versiyasi 2009 yili chiqqandi, 2019 yilga kelib 175 million nusxada sotildi. Hozir smartfonlardan tortib virtual reallik qurilmalarigacha — bu o‘yinni o‘ynash mumkin.

Ikkinchi o‘rinda — «Nintendo Switch» plastformasi uchun ishlab chiqarilgan «The Legend of Zelda» turkumiga kiruvchi o‘yin — «Breath of the Wild» (2017 y.).
Uchinchi o‘rinni 2011 yilda «PlayStation 3» hamda «Xbox 360» platformalari uchun chiqarilgan «Dark Souls»ning birinchi seriyasi egalladi.
Shuningdek, «Half-Life 2», «Vedmak 3», «GTA V», «Halo», «Portal 2», «BioShock» hamda «Bloodborne» asrimizning eng yaxshi o‘yinlari qatoridan joy oldi.

Теги: Eng yaxshi video o'yin, kompyuter o'yini, The Guardian

Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь.
Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо войти на сайт под своим именем.
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]