Регистрация
Меню сайта
Статистика

Онлайн всего: 130
Гостей: 129
Пользователей: 1
TRACEYCoumb
0

Yangi Apple foydalanuvchilarni “aqldan ozdiradi”

Автор: VerSignкатегория: XXI tehnologiyasiдата: 19.03.2019
Apple yaqinda Kupertinoda investorlar bilan uchrashuv o‘tkazdi, deya xabar beradi “Hi-tech.mail”. Unda Tim Kuk kelajakda Apple foydalanuvchilari uchun qanday mahsulot tayyorlanayotgani haqida so‘zlab bergan.

Bloomberg nashrining yozishicha, sarmoyadorlar bilan suhbatda Kuk kompaniyaning joriy holati va rejalari haqida hech qachon bu qadar optimistik gapirmagan.

Xususan, Apple kompaniyasi rahbari yangi mahsulot foydalanuvchilarining “aqldan ozdirishini” aytgan. Xususan, u AirPods va Apple Watch’ning yorqin kelajagini eslatib o‘tgan. Ularda sog‘liq bilan bog‘liq yangi funksiyalar paydo bo‘ladi.

Shuningdek Kuk, ma’lum bir bosqichda, Retina displeyi bilan MacBook Air narxini 1200 dollarga kamaytirish rejalar haqida gapirgan. Ayni paytda, Kukning so‘zlariga ko‘ra, kompaniya xizmatlardan oladigan daromadini 2020-yilgacha ikki barobarga — 50 milliard dollarga oshirishni rejalashtirmoqda.

Mish-mishlarga ko‘ra, Apple 25-mart kuni xizmatlarga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazib, unda yangiliklar uchun pulli obuna taqdim etadi.

So‘nggi yillarda kompaniya ishi yomonlashmoqda: kompaniyaning asosiy daromad manbasi bo‘lgan iPhone’ning hozirgi avlodi yaxshi sotilmayapti.

Теги: Yangi Apple foydalanuvchilarni “aql

Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь.
Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо войти на сайт под своим именем.
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]